Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
374 V-BO‗LIM TARMOQ PROTOKOLLARI 5.1§ TCP/IP protokollar steki Transmission Control Protocol/Inernet Protocol(TCP/IP) — protokollar steki global tarmoq uchun ishlab chiqarilgan. TCP/IP standartlari Request for Comment (RFC) deb ataluvchi seriyali hujjatda chop etilgan. RFC hujjatlarida Internet tarmog‗i ichida bo‗layotgan ishlar yozilgan. Ayrim RFC lar tarmoq servislari yoki protokollari va ularni ishlab chiqish haqida yozadi. TCP/IP standartlari har doim RFC ko‗rinishda chop etiladi, faqat barcha RFC lar ham standart bo‗lmaydi. Stek 20 yil oldin AQSH mudofaa vazirligi tomonidan har xil hisoblash tizimlarida eksperimental ARPANET tarmog‗ining boshqa tarmoqlar bilan aloqasini ta‘minlash uchun ishlab chiqil- gan. ARPA tarmog‗i ishlab chiqaruvchilarga va izlanuvchilarga harbiy sohada anchagina foydali bo‗ldi. ARPA tarmog‗ida ikkita kompyuter aloqasi Internet Protocol (IP) yordamida amalga oshirilgan. Hozirgi kunda esa TCP/IP stekining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Berkli universiteti o‗zining OC UNIX versiyasida ishlab chiqqan protokollari bilan TCP/IP ning rivojiga katta hissa qo‗shdi va keng tarqalishiga sababchi bo‗ldi. Ushbu stekda xalqaro Internet axborot tarmog‗i ishlaydi. Uning mutlaqligini, ya‘ni RFC formasidagi ko‗rinishini Internet Engineering Task Forse (IETF) ta‘minlab berdi. 375 PCP/IP steki OC UNIX da shaxsiy kompyuterlar uchun Windows tarmoq operatsion tizimlarida keng tarqalgan va uning yetakchilik xususiyatini quyidagilar orqali tushuntirish mumkin: Bu ko‗p tarixga ega bo‗lgan deyarli yakunlangan standart va hozirgi kunda mashhur bo‗lgan tarmoq protokollari steki hisoblanadi. Deyarli barcha katta tarmoqlarda o‗z trafigining asosiy qismini TCP/IP orqali uzatadi. Bu Internet tarmog‗iga chiqish usuli. Bu stek Internet transport xizmatlaridan va unda yaratil- gan WWW gipermatn texnologiyasidan foydalangan holda intranet — korporativ tarmog‗ining asosi uchun xizmat qiladi. Bu mustahkam texnologiya transport tizim osti tizimi darajasida har xil tizimlarni birlashtirish uchun qulay. Bu kliyent-server dasturi uchun mustahkam platformalar o‗rtasida masshtablashgan muhit. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling