Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giperkub (hypercube
95 Reshetka (mesh)-bu topologiyada chiziqlar grafigi to‗g‗ri to‗rtburchak setkasi ko‗rinishida shakllanadi (ikki o‗lchovli yoki uch o‗lchovli). Bunday topologiyalar osongina realizatsiya qilinadi (ko‗pgina algoritmlarni parallel bajarida). Misol: matematik modellarni analiz qilish metodlarini amalga oshirishda, xususiy ishlab chiqaruvichlar uchun diffrensial tenglamalarni yozishda va hokazo. Giperkub (hypercube)-bu topologiya tasodifiy reshetkalarning xusisiy strukturasi bilan shakllanadi. Bu yerda har reshetka o‗lchamiga 2ta protsessor to‗g‗ri keladi. Giperkub 2 N iborat bo‗ladi (tashkil topadi), N-bu yerda o‗lcham. Bu keng tarqalgan bog‗lanish. Bu ko‗rinishda bog‗lanishning asosiy 4ta xususiyati mavjud. 96 1.3 § Mikroprotsessor vazifalari Mikroprotsessor (MP)–shaxsiy kompyuterning markaziy qurilmasi bo‗lib, kompyuterning barcha bloklarini boshqarish va axborotlar ustida arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‗ljallangan. Boshqarish qurilmasi (UU) kerakli vaqt momentlarida kompyuterning barcha bloklariga ma‘lum boshqarish signallarini (boshqarish impulslarini) bajarilayotgan operatsiyalarning xususiyatlaridan va oldingi bajarilgan operatsiyaning natijasidan kelib chiqqan holda beradi; bajarilayotgan operatsiya ishlatadigan xotira yacheykasining manzilini hosil qiladi va bu manzilni kompyuterning tegishli blokiga uzatadi; boshqarish qurilmasi tayanch impulslar ketma-ketligini takt impulslar generatoridan oladi. Mikroprotsessorning tarkibiga bir necha komponentlar kiradi: Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni sonli va belgili axborotlar ustida bajarish uchun mo‗ljallangan (kompyuterlarda operatsiyalarning bajarilishini tezlatish uchun AMQga qo‗shimcha matematik soprotsessor ulanadi). Mikroprotsessor xotirasi (MPX) bevosita yaqin taktlarda axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun ishlatilishga mo‗ljallangan; kompyuterni yuqori tezlik bilan ta‘minlash uchun MPX registrlarda qurilgan, tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun asosiy xotira esa har doim ham zarur bo‗lgan axborotni yozish, qidirish va o‗qish tezligini ta‘minlab bera olmaydi. Registrlar–xotiraning turli uzunlikdagi tezkor yacheykalaridir (OX yacheykasidan farqli, ularda standart uzunligi 1 bayt va tezligi ancha kam). Mikroprotsessorning interfeys tizimi ShKning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqasini tashkil etish uchun mo‗ljallangan; o‗z tarkibiga MPning ichki interfeysini, buferli xotira registrlarini va kiritish-chiqarish portlarini boshqarish sxemalarini hamda tizimli shinani oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling