Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
103 bajarilishini bir necha marta tezlashtiradi. MP ning 80486 DX modelidan boshlab soprotsessorni o‗z tarkibiga kiritilgan shaklda ishlab chiqariladi. Xotiraga bevosita ega bo‗lish kontrolleri (DMA–Direct Memory Access) tashqi qurilmalar bilan operativ xotira o‗rtasidagi axborot almashuvini mikroprotsessorning ishtirokisiz amalga oshiradi, bu esa ShK ning samarali tezligini jiddiy oshiradi. Boshqacha so‗z bilan aytganda, DMA ish tartibi protsessorni ortiqcha va uncha muhim bo‗lmagan ishlardan, yani tashqi qurilma bilan operativ xotira qurilmasi o‗rtasidagi axborot almashuvidan ozod qiladi, bu ishni DMA kontrolleri zimmasiga yuklash orqali amalga oshiriladi; protsessor bu vaqt davomida boshqa axborotlarga ishlov berishi yoki ko‗p masalali tizimda boshqa masalani hal qilishi mumkin. Kiritish-chiqarish soprotsessori MP bilan parallel ishlashi natijasida bir necha kiritish-chiqarish qurilmalariga xizmat ko‗rsatilayotganda kiritish-chiqarish amalini jiddiy soddalashtiradi; MP ni kiritish-chiqarish amaliga ishlov berishdan ozod qiladi va shu jumladan, xotiraga bevosita ega bo‗lish ish tartibini joriy etadi. Uzilishlar kontrolleri uzilish amalini bajaradi. Uzilish–bu vaqt bo‗yicha bitta dastur bajarilishini to‗xtatib turib, shu vaqtda ancha muhim bo‗lgan boshqa (ustunlikka ega) dasturni operativ bajarish maqsadida ko‗rilgan choradir. Kontroller tashqi qurilmadan uzilishga so‗rov olgach, bu so‗rovning ustunlik darajasini aniqlaydi va MP ga uzilish signalini beradi. Mikroprotsessor bu signalni olgach, hozirda bajarilayotgan dasturni bajarilishini to‗xtatib turadi va tashqi qurilma so‗ragan bu uzilishga xizmat ko‗rsatuvchi maxsus dasturni bajarishga o‗tadi. Maxsus dasturni bajarib bo‗lgach uzilgan dasturni bajarish tiklanadi. Uzilish kontrolleri dasturlanuvchidir. Uzilishlar kompyuterning ish faoliyatida doimiy bo‗lib turadi, barcha axborotni kiritish-chiqarish ishlari uzilish bo‗yicha bajarilishini aytishning o‗zi yetarlidir. Masalan, IBM PC kompyuterlarida taymerdan uzilishlar sekundiga 18 tagacha bo‗lib, ularga xizmat ko‗rsatiladi (u jarayonlar juda tez kechganligi uchun foydalanuvchiga sezilarli emas, albatta). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling