Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‗shimcha integral mikrosxemalar
102 Yuqorida qayd qilingan ko‗pchilik qurilmalar shartli ravishda ajratilgan guruh multimedia vositalariga taalluqlidir. Multimedia (multimedia, ―ko‗p muhitlilik‖)–bu apparat va dasturiy vositalarning majmuasi bo‗lib, u insonga o‗zi uchun turli-tuman tabiiy muhitdan foydalanib, tovush, tasvir, grafika, matnlar, animatsiyalar va boshqalar orqali kompyuter bilan muloqot qilishiga imkon beradi. Multimedia vositalariga tovushli axborotni kiritish va tovushli axborotni chiqarish qurilmalari; mikrofonlar va videokameralar, kuchaytirgichli akustik va tasvirlarni aks ettirish tizimlari, tovush kolonkalari, katta tasvir ekranlari; tovush va videoadapterlar, videozaxvat platalari, videomagnitofonlardan tasvirlarni oluvchi yoki videokameralar va ularni ShK ga kirituvchilar; bosma matnlarni va rasmlarni kompyuterga avtomatik ravishda kiritishga imkon beruvchi ko‗p tarqalgan skanerlar; tovush va videoaxborotlarni yozish uchun ishlatiladigan katta sig‗imga ega bo‗lgan optik disklardagi tashqi xotira qurilmalari. Qo‗shimcha integral mikrosxemalar. Tizimli shinaga va mikroprotsessorga, shaxsiy kompyuterga, tipik tashqi qurilmalar qatorida ba‘zi qo‗shimcha integral mikrosxemalarni ham ulash mumkin, ular mikroprotsessor bajaradigan vazifalarning imkoniyatlarini kengaytirish va yaxshilash uchun xizmat qiladi: matematik soprotsessor; xotiraga bevosita ega bo‗lish kontrolleri; kiritish-chiqarish soprotsessori; uzulishlar kontrolleri va hokazolar. Matematik soprotsessor suriluvchi va qayd qilingan vergulli ikkilik sonlar ustida operatsiyalarni bajarilishini, ikkilik kodlashtirilgan o‗nlik sonlar ustidagi, ba‘zi transsendent hisoblashlarni va trigonometrik funksiyalarning bajarilishini tezlatish uchun ishlatiladi. Matematik soprotsessor o‗zining buyruqlar tizimiga ega va asosiy MP bilan parallel (bir vaqtda) uni boshqarishida ishlaydi. Operatsiyalarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling