Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
101 grafik planshet (digitayzerlar)–maxsus ko‗rsatuvchi (pero) yordamida planshet bo‗yicha harakatlantirib tasvirlash (ifodalash) orqali grafik axborotni qo‗lda kiritish qurilmasi; skanerlar (o‗qish avtomatlari)–qog‗oz va plenkadagi axborot tashuvchilardan rasmlarni, grafiklarni va matnli axborotlarni avtomatik ravishda o‗qib kompyuterga kirituvchi qurilma; nishon ko‗rsatish qurilmasi (grafik manipulyatorlar), displey ekraniga kursor harakatini ekran bo‗ylab boshqarish orqali grafik axborotni chiqarish va keyinchalik kursor koordinatini kodlashtirish va ularni ShK ga kiritish uchun mo‗ljallangan (djoystik–richag, sichqoncha, trekbol–g‗ilofdagi shar, yorug‗lik perosi va hokazo.); sensorli ekranlar–tasvirning alohida elementlarini, dasturni yoki ShK displey ekranidan byuruqlarni kiritish uchun qurilma. Axborotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi: printerlar–qog‗ozli axborot tashuvchilarga axborotlarni bosma usulda qayd qilish uchun qurilma; grafik quruvchi (plotterlar)–ShK dan qog‗ozli axborot tashuvchiga grafik axborotlarni chiqarish uchun qurilma (grafiklar, rasmlar). Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari avtomatlashtirishning boshqa vositalari (interfeyslarni moslovchilar, adapterlar, raqam-analog va analog–raqam o‗zgartiruvchilar va boshqalar) va ShK aloqa kanallari, boshqa kompyuterlar va hisoblash tarmoqlari (tarmoq interfeys platasi–tarmoq adapterlari, axborot uzatish multipleksorlari, modemlar–demodulyatorlar) bilan ulash uchun ishlatiladi. Xususan, 1.8-rasmda ko‗rsatilgan tarmoq adapteri ShK ning tashqi interfeysiga kiradi va hisoblash tarmoq tarkibida ishlaganda boshqa kompyuterlar bilan axborot almashish maqsadida aloqa kanaliga ulash uchun xizmat qiladi. Tarmoq bilan ulanish uchun modem ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling