Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
15 to‗qnashishi, ularning maydalanishi, koalessensiyasi, apparat hajmi bo‗yicha tasodifiy sanqishi bilan) yoki apparatdagi geometriya xarakterining chegaraviy shartlari (tartibsiz yotqizilgan nasadka elementlarining tasodifiy joylashishi, katalizatorning donalari, siljuvchi muhitlar fazalararo chegarasining ishlab chiqaruvchi oriyentatsiyasi va sh.o‗.) bilan izohlanadi. Shunga o‗xshash turli tizimlar fazalar va komponentlarning tashkil etuvchilarini o‗ta murakkab o‗zaro ta‘sirlashishi bilan xarakterlanadi, buning natijasida ularni klassik determinanlangan moddani olib o‗tish va saqlash qonunlar pozitsiyasidan o‗rganish imkoni yo‗q. Kimyoviy-texnologik jarayonlarni qanday o‗rganish mumkin? Bu muammoni yechish kalitini matematik modellash usuli beradi. Bu usul tizimli tahlil strategiyasiga asoslanadi. Bu strategiyaning mohiyati-jarayonni murakkab o‗zaro ta‘sirlanuvchi iyerarxik tizim deb, uning strukturasini sifatli tahlillab, matematik ifodasini ishlab chiqish va noma‘lum parametrlarini baholashdan iboratdir. Masalan, yaxlit suyuq muhitda zarralar, tomchilar yoki gaz pufakchalar ansamblini harakatlanish jarayonida paydo bo‗layotgan hodisalar qaralganda, samaralar iyerarxiyasining beshta sathi ajratiladi: 1) atomar-molekulyar sathdagi hodisalar majmui; 2) molekulalar tashqi yoki globulyar strukturalar masshtabdagi samaralar; 3) fazalararo energiya va modda olib o‗tish hodisalari va kimyoviy reaksiyalarni inobatga oladigan, dispersli fazani birlik ulanish harakatiga bog‗liq bo‗lgan ko‗p fizikaviy-kimyoviy hodisalar to‗plami; 4) yaxlit fazada ko‗chib yuradigan aralashmalar ansamblidagi fizik- kimyoviy jarayonlar; 5) apparat masshtabida makrogidrodinamik muhitni aniqlaydigan jarayonlar majmui. Bunday yondashuv butun jarayonning hodisalari va ular orasidagi bog‗lanishlar to‗plamini to‗la o‗rnatishga imkon beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling