Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
12
tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib
bunda elementlar o‗rtasidagi aloqalar ko‗proq, kenja tizimlar o‗rtasida esa kamroq 
bo‗ladi. 
Tizim tushunchasi shu ma‘noda nisbiyki, tizim elementining o‗zi ham 
murakkab tizim bo‗lishi mumkin. Biror belgi bo‗yicha ajratilgan tizim o‗ziga 
nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo‗lishi mumkin. 
Tashqi muhit. «Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni 
cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‗rnatadi, undan tashqaridagi 
elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‗z-
o‗zidan emas, balki boshqa ko‗plab elementlar qurshovida mavjud bo‗ladi. Ayrim 
masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki 
ushbu masala nuqtayi-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‗rib 
chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‗lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi 
muhit bu ko‗rilayotgan tizimga ta‘sir ko‗rsatuvchi yoki ko‗rilayotgan masala 
sharoitida uning ta‘siri ostida bo‗lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat 
elementlaridir. Chunki real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki 
boshqalari yonida, bir-biriga bog‗liq holda ishlayli. Tizimlarni tahlil va sintez 
qilish chog‗ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi 
aloqaga ega tizimlar ochiq, unga ega emaslari esa yopiq aloqa deb ataladi. 
Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga 
o‗xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi. 
Tasniflash-bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya‘ni, kirish va 
chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, 
boshqaruvning resurslari bilan ta‘minlanganligi va hokazo bo‗yicha amalga 
oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo‗yicha tasniflash qiziqtiradi. 
Sun‟iy tizimlar bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. 
Tabiiy tizimlar-bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan 
tizimlar. 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling