Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi muhit
- Tizimlar tasnifi
12 tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib, bunda elementlar o‗rtasidagi aloqalar ko‗proq, kenja tizimlar o‗rtasida esa kamroq bo‗ladi. Tizim tushunchasi shu ma‘noda nisbiyki, tizim elementining o‗zi ham murakkab tizim bo‗lishi mumkin. Biror belgi bo‗yicha ajratilgan tizim o‗ziga nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo‗lishi mumkin. Tashqi muhit. «Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‗rnatadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‗z- o‗zidan emas, balki boshqa ko‗plab elementlar qurshovida mavjud bo‗ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtayi-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‗rib chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‗lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi muhit bu ko‗rilayotgan tizimga ta‘sir ko‗rsatuvchi yoki ko‗rilayotgan masala sharoitida uning ta‘siri ostida bo‗lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog‗liq holda ishlayli. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog‗ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq, unga ega emaslari esa yopiq aloqa deb ataladi. Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o‗xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi. Tasniflash-bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya‘ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta‘minlanganligi va hokazo bo‗yicha amalga oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo‗yicha tasniflash qiziqtiradi. Sun‟iy tizimlar bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. Tabiiy tizimlar-bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling