Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
17 modelning monandligini tekshirish uchun jarayon o‗tishida obyektdan olingan o‗lchovlar natijasini o‗xshash sharoitlardagi model bashorati natijalari bilan taqqoslash kerak. Modelning monandligini o‗rnatish bosqichi uni ishlab chiqish bosqichlari ketma-ketligining yakuniysidir. 1.1-rasmda matematik modelni ishlab chiqishning umumiy sxemasi ko‗rsatilgan. [6], Matematik modelning qurilishida real hodisa soddalashtiriladi, sxemalashtiriladi va olingan sxema hodisalar murakkabligiga bog‗liq holda u yoki boshqa matematik apparat yordamida tavsiflanadi. Tadqiqotning muvaffaqiyatliligi va olingan natijalarning ahamiyatliligi modelda o‗rganilayotgan jarayonning xarakterli xislatlarini hisobga to‗g‗ri olishga bog‗liq. Maqsad va mezonlarni aniqlash Algotitmni tuzish va uni dastur ko‘rinishida amalga oshirish Matematik tavsifni tuzish Analitik usullar Eksperimental usullar Eksperimental- analitik usullar Sonli usulni tanlash Yechim algoritmini tuzish Dasturlash Dasturni sozlash Obyektga modelning adekvatligini aniqlash Matematik modeldan foydalanish Masalani aniq ifoda qilish, jarayon parametrlarini tanlash Modellashtirish masalasining qo‗yilishi 18 1.1-rasm. Matematik modelni ishlab chiqish bosqichlari. Jarayonga ta‘sir qiluvchi barcha eng muhim omillar modelda hisobga olingan bo‗lishi va shu bilan birga, u ko‗plab kichik ikkinchi darajali omillar bilan ketma-ket bo‗lmasligi kerak, ularni hisobga olish faqat matematik tahlilni murakkablashtiradi va tadqiqotni o‗ta tiqilinch yoki umuman amalga oshmaydigan qilib qo‗yadi. Jarayonlar uchun aniq matematik tavsifi bo‗lgan matematik modellash usulini aniq matematik jarayonlar xususiyatlarini o‗rganishda qo‗llashadi. Matematik tavsif mukammallik darajasiga bog‗liqligiga qarab, ikkita chegaraviy hodisani ajratishimiz mumkin: a) modellashtirilayotgan jarayonning barcha asosiy tomonlarini tavsiflaydigan tenglamalar to‗la tizimi va bu tenglamalarning barcha soniy qiymatlari ma‘lum; b) jarayonning to‗la matematik tavsifi yo‗q. Bu ikkinchi hodisa obyekt haqida to‗la bo‗lmagan axborotning borligida, jarayonlarni boshqarish ishi bo‗lganda va g‗alayonlar ta‘sir etganda masalalarni yechish uchun tipikdir. Tadqiq qilinayotgan hodisalar haqida yetarli axborot yo‗qligida ularni o‗rganish eng oddiy modellar qurishdan, lekin tadqiq qilinayotgan jarayonning asosiy(sifatli) spetsifikasini buzmasdan boshlanadi. Shunday qilib, model bilan o‗tkazilgan tajribalar natijalari bo‗yicha biz ish sharoitidagi originalning xulqini miqdoriy bashorat qilishimiz kerak. Ishlab chiqarishdagi modellash obyektlari deganda quyidagilarni tushunish kerak: 1. Texnologik tizimlar (TT)-bu texnologik jihozlarning bo‗laklari, avtomatik liniyalar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari (MIChT). 2. Texnologik jarayonlar (TJ). 3. Texnologik uskunalar ishlayotganda yuz beradigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlar(FKJ). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling