Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
19 Modellash jarayoniga ikkita asosiy talab qo‗yiladi. Birinchidan, modeldagi eksperiment originaldagi eksperimentga qaraganda soddaroq, tejamliroq, xavfsizroq bo‗lishi kerak. Ikkichidan, modelning sinovi asosida originalning parametrlarini hisoblashda qo‗llaniladigan qoidasi bizga ma‘lum bo‗lishi kerak. Busiz eng yaxshi modellash ham befoyda bo‗lib qoladi. Toza ko‗rinishda (alohida) berilgan obyektlarning matematik modellari kam qo‗llaniladi, ular quyidagidek kombinatsiyalangan. Masalan, TT matematik modellarida TJ matematik modellaridan foydalaniladi, ularda, o‗z navbatida, FJ, KJ va FKJ matematik modellaridan foydalaniladi. Zamonaviy model termini bir necha ma‘nolarda qo‗llaniladi. O‗rganilayotgan obyekt tadqiqotning turli bosqichlarida o‗rnini bosuvchi qandaydir obyekt bu modeldir. Qo‗yilgan maqsadga erishish uchun eng muhim xossalarini aks ettiruvchi original obyektning maqsadli ko‗rinishi bu modeldir. Model–bu xayoliy tasavvurdagi yoki moddiy amalga oshirilgan tizim bo‗lib, obyektni aks etishi yoki tadqiqot obyektini tiklashi hamda obyektni o‗rganish va u haqida yangi axborot keltirish maqsadida uning o‗rnini bosishi mumkin bo‗lgan tizim. Shunday qilib, har bir modelni yaratish doim qandaydir maqsadni ko‗zlaydi. Matematik modellar quyidagilar uchun ishlab chiqiladi: 1. FJ, FKJ, TJ, TT larni tavsiflash. 2. FJ, FKJ, TJ, TT larni tadqiq qilish. 3. TJ, TT larni loyihalash. 4. TJ, TT larni loyihalashda optimmallash. 5. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini qurish. Matematik modelning ko‗rinishi, tarkibi va murakkabligi qaysi obyektni tavsiflashi va qaysi maqsadlar uchun ishlab chiqilganiga bog‗liqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling