Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
24 Iqtisodda, shuningdek, ilm hamda texnikada eng ko‗p foydalaniladigan va tarqalgan turi bu RHM, odatda, ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy kompyuter deb ataladi. Yaratilish bosqichi va element asosi bo‗yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‗linadi: 1-avlod, 1950-yillar; elektron vakuumli lampalardagi EHM; 2-avlod, 1960-yillar; diskret yarimo‗tkazgichli asboblardagi EHM (tranzistorlardagi); 3-avlod, 1970-yillar; yarimo‗tkazgichli kichik va o‗rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‗ilof ichida yuzlab-minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema–maxsus vazifalar uchun mo‗ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‗tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‗lib, o‗zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi; 4-avlod, 1980-90-yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosi mikroprotsessorlardir (bitta kristallda o‗n mingtalab– millionlab aktiv elementlar mavjud). Katta integral sxemalarda aktiv elementlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100–150 m2 maydonni egallagan bo‗lsa, hozir 1,5–2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalarda aktiv elementlar o‗rtasidagi masofa 0,032–0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun: odam soch tolasining qalinligi bir necha o‗n mikronga teng). 5-avlod, hozirgi vaqt (2010...); bir necha o‗nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjud; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda tashkil topgan kompyuterlar bir vaqtning o‗zida dasturning o‗nlab ketma-ket ko‗rsatmalarini bajara oladilar. 6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ular ko‗p sonli murakkab bo‗lmagan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling