Основы пакета
Download 5,65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
29 ular o‗lchami, arxitekturasi va narxi bo‗yicha kichik kompyuterlar guruhiga tegishli bo‗lsa ham, ammo unumdorligi bo‗yicha katta kompyuterlarga tenglasha olgan. 1969-yilda mikroprotsessorlarning ixtiro qilinishi 1970-yillarda yana bir kompyuterlar guruhi–mikrokompyuterlarni paydo bo‗lishiga olib keldi. Aynan mikroprotsessorlarning mavjudligi mikrokompyuterlarni aniqlab beruvchi belgi bo‗lib qolishiga xizmat qildi. Hozir mikroprotsessorlar barcha kompyuter guruhlarida ishlatiladi. Ba‘zi kompyuter guruhlarining hozirgi holatini qisqacha ko‗rib chiqamiz. Katta kompyuterlar. Katta kompyuterlarni ko‗pincha meynfreymlar (mainframe) deb ataydilar; ularga quyidagi ko‗rsatkichlarga ega bo‗lgan kompyuterlar kiritiladi: - unumdorligi 100 MIPS dan kam bo‗lmagan; - asosiy xotiraning sig‗imi 512 dan 10 000 Mbayt; - tashqi xotira sig‗imi 100 Gbayt dan kam bo‗lmagan; - ko‗p foydalanuvchini ta‘minlash ish tartibi bo‗lgan (bir vaqtning o‗zida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchi); Meynfreymlarni samarali tatbiq etishning asosiy yo‗nalishlari–bu ilmiy- texnika masalalarini yechish, axborotlarga paketli ishlov berishli hisoblash tizimlarida ishlatish, katta axborotlar ombori bilan ishlashda, hisoblash tarmoqlarini va ularning resurslarini boshqarish. Oxirgi yo‗nalish–meynfreymlarni hisoblash tarmoqlarining katta serveri sifatida ishlatish–mutaxassislar tomonidan ko‗pincha eng dolzarb deb qayd qilinmoqda. Meynfreymlarni ko‗pincha katta server deb ataydilar (meynfreym-serverlar). Ba‘zida bunday atalishi atamalarda chalkashlik tug‗diradi. Gap shundaki, serverlar–bu ko‗p foydalanuvchili kompyuter, hisoblash tarmoqlarida ishlatiladi. Serverlar odatda mikrokompyuterlarga mansubdir, lekin o‗zining ko‗rsatkichlari bo‗yicha quvvatli serverlar kichik kompyuterlarga ham va hatto meynfreymlarga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling