Основы пакета
Download 5,65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
31 S/390 oilasi o‗z tarkibiga 14 ta kompyuter modelini oladi. Yangi modellarning ko‗rsatkichlari 3-avlod meynfreymlar ko‗rsatkichlariga nisbatan 1,3 marta yaxshilangan (operativ xotira hajmi taxminan ikki hissa oshgan–16 Gbayt gacha). S/390 oilasiga bir protsessorli 50 MIPS tezlikka ega bo‗lgan meynfreymlar modelidan to 10 protsessorli 500 MIPS tezlikkacha bo‗lgan modellar kiradi. S/390 modelini G4 va G5, S/390 Multiprice 2000 protsessorlarida ishlab chiqarilgan. Unumdorligini va boshqa ko‗rsatkichlarini oshirish maqsadida 32 tagacha S/390 mashinasini S/390 Parallel Sysplex texnologiyasi bo‗yicha klasterlarga birlashtirish mumkin (asosan superkompyuter yaratib). S/390 oilasi dunyoning ko‗pgina davlatlarida ishlatiladi. 1999-yili o‗rtacha unumdorlikdagi AS/400 meynfreymlar oilasi ishlab chiqarildi, u o‗z tarkibiga 12 modelni olgan. Operativ xotiraning maksimal sig‗imi 16 Gbayt, diskdagi xotira esa 2,1 Tbaytni tashkil etadi. AS/400 modellarining 720, 730 va 740 seriyalarida 12 ta PowerPC va Pentium II protsessorlari ishlatilgan. 2004-yili AS/400 ―biznes-kompyuterlari‖ dunyoda eng tanilgan kompyuterlardan bo‗lgan. Tizimning keng miqyosida tanilishining sababi unumdorlik/narx nisbatining yaxshiligi, ishonchliligining juda yuqoriligi (bir soat davomida buzilmasdan ishlash ehtimoli 0,9994 ni tashkil etadi) va yaxshi dasturiy ta‘minotining mavjudligidir. 2005-yili IBM firmasi System z9 (5-avlod) meynfreymini havola qildi, u samarali virtuallashtirish texnologiyasini quvvatlagan va xavfsizlikni ta‘minlagan. Bu texnologiyalar uni eng ochiq, ishonchli va himoyalangan hisoblash tizimlaridan biriga aylantirdi. System z9 tizimi bir sekund davomida 1 milliard tranzaksiyagacha ishlov bera olgan, unumdorligi bo‗yicha 4-avloddan bir necha marotaba yuqori bo‗lgan. Yaponiya Fujitsu firmasining M 1800 kompyuterlari va shuningdek Germaniya Comparex Information Systems firmasining 8/*, 9/*, M2000 va S2000 meynfreymlari dunyoda ko‗p tarqalgan. Fujitsu firmasining M 1800 meynfreymlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling