Osteomiyelit suyakning barcha elementlarini, suyak kumigi, suyakning
Talaba bilishi kerak bulgan savollar
Download 332.69 Kb. Pdf ko'rish
|
25-nazariy material
Talaba bilishi kerak bulgan savollar: 1. Osteomiyelit etiologiyasini va patogenezi. 2. Klinik manzarasi va simptomatikasi. 3. Osteomiyelit tarakkiyotiga kaysi faktorlar ta’sir kiladi? 4. Osteomiyelitni diagnostikasi, davolash usullari. 5. Birlamchi – surunkali ostemiyelitlar deganda nimani tushunasiz? 6. Birlamchi - surunkali formaga kanaka osteomiyelitlar kiradi? 7. Surunukali osteomiyelitlar nima bilan differensial diagnostika kilinishi kerak? 8. Osteomiyelitlarda kullaniladigan operasiya turlarini ayting? 9. Bursit, artrit etiologiyasi va patognezi. 10. Artrit klinikasi nimaga boglik. 11. Yiringli artrit nima uchun bugimdan punksiya kilinadi? Panarisiy Barmok tukimalarining yiringli yalliglanishi panarisiy deyiladi. Uning kuzgatuvchilari kupincha stafilokokk, bazan streptokokk, kam xolllarda esa aralash flora bulishi mumkin. Panarisiyning tasnifi: 1. Teri panarisiysi 2. Teri osti panarisiysi 3. Suyak panarisiysi 4. Bugim panarisiysi 5. Pay panarisiysi 6. Paronixiya 7. Tirnok osti panarisiysi 8. Pandaktilit - Klinik kurinishi: - Kuchli ogrik - Teri giperemiyasi - Barmok funksiyasining buzilishi: barmokning yarim bukilgan xolati va uni tugrilashga intilish keskin ogrikkka sabab bulishi Teri panarisiysi Bunda yalliglanish jarayoni terining uzida joylashgan. Ekssudat epidermisni kuchiradi. Teri panarisiysi operativ davolanadi: Operasiya ajralgan epidermisni tula olib tashlash va gipertonik boglamlar kuyishdan iborat. Teri osti panarisiysi Bu panarisiylarning ichida eng kup uchraydigan turi bulib, kupincha jarayon tirnok falangasida kuzatiladi. Teri osti panarisiysining klinikasi Pulsasiyalanuvi ogrik Barmokning shishishi Barmokda xarakatlarning cheklanganligi Tana xaroratining oshganligi Teri osti panarisiysini davolash Teri osti panarisiysini asosiy davolash usuli erta operasiya va antibiotiklarni keng kulamda ishlatishdan iborat. Eng kup tarkalgan kesish usuli bu barmokning ikkala tomonidan kilinadigan yarim oval kesimdir. Jarayon urta yoki asosiy falangalarda bulsa buylama yunalishda kesim kilinadi. Suyak panarisiysi Birlamchi yoki ikkilamchi suyak panarisiylari tafovut kilinadi. Birlamchi suyak panarisiysi suyak yoki suyak usti pardasining shikastlanishidan keyin rivojlanuvchi jaroxat infeksiyasida kuzatiladi. Ikkilamchi suyak panarisiysi esa yuzaki panarisiylarni yetarlicha davolamaslik okibatida rivojlanadi. Suyak panarisiysining klinikasi - Suyak panariiysining boshlangich boskichlarida klinik belgilari teri osti panarisiysini eslatadi, birok biroz keskinrok bulishi mumkin. - Tirnok falangasining kolbasimon shishi. - Paypaslab kurganda keskin ogrik aniklanishi. - Tugunli zond bilan tekshirganda tarkok ogriklilik aniklanishi. - Tana xaroratining 39-40oS gacha oshishi - Rentgenologik suyak destruksiyasi kasallikning 10-14 kuni aniklanadi. Suyak panarisiysini davolash - Erta muddatlarida barmokni immobilizasiya kilish va antibiotiklarni keng kulamda buyurish zarur. Agarda 2 kun davomida utkazilgan konservativ terapiya muolajalari samara bermasa jarroxlik amaliyoti kilish zarur. - Kasallikning erta muddatlarida jarroxlik amaliyoti yiringli bushlikni ochish va nekrotik tukimalarni olib tashlashdan iborat buladi. - Agarda yirik sekvestrlar buladigan bulsa ularni olib tashlash zarur. Bugim panarisiysi Falangalararo yoki kaft-falanga bugimlarining yiringli yalliglanishi bugim panarisiysi deyiladi. Bugim panarisiysining klinikasi: doimiy ogriklar barmokning urchiksimon (veretenoobraznaya) shaklga kirishi teri giperemiyasi Barmokda odatiy bulmagan xarakatlar paydo bulishi krepitasiya Bugim panarisiysini davolash Ikkita parallel kesim bilan artrotomiya kilish. Falangalararo bugimni rezeksiya kilish. Kechikkan, ogir xolatlarda esa barmokni amputasiya kilish. Pay panarisiysi Panarisiyning bu turi uzok vakt davomida barmoklar faoliyatini buzilshiga olib keluvchi ogir turi bulib, u pay kinlariga mikroblarning bevosita tushishi natijasida yoki yuzaki panarisiylarda yalliglanish jarayonining chukurga davom etishi natijasida rivojlanadigan yiringli yalliglanish jarayonidir. Pay panarisiysining klinikasi barmokning shishishi barmokning bukilib kolishi faol xarakatlarning cheklanganligi xarakat vaktida ayniksa barmokni yozish vaktida keskin ogriklar paydo bulishi umumiy xolsizlik bosh ogrishi tana xaroratining kutarilishi Pay panarisiysini davolash Pay panarisiysini operasiya kilishda barmok asosiy falangasining old-yon yuzalaridan ikkita parallel va pay kinlarini ochish uchun kaftda bitta kesim kilish yetarli buladi. Bushlikka rezina pilikchalar urnatiladi, kaft va barmoklarga gipsli longeta kuyiladi. Paronixiya Tirnok asosi atrof tukimlarining yalliglanish jarayoni bulib, bunda tirnok valigi shishib, terisi kizaradi va ogrikli buladi. Paronixiyani davolash Dastlabki kunlarda konservativ terapiya muolajalari: vannochkalar, spirtli kompresslar, tukimalarni antibiotiklar bilan tuyintirish samarali buladi. Utkazilgan konservativ terapiya muolajalaridan samara bulmaganida esa jarroxlik amaliyoti kilinadi. Tirnok osti panarisiysi Bu sanchilgan jaroxatlar, zirapchalardan keyin, tirnok osti gematomalarining yiringlashidan keyin tirnok ostida rivojlanuvchi yalliglanish jarayoni xisoblanadi va kuchli ogriklar bilan namoyon buladi. Tirnokning ostida tuplangan yiring yakkol kurinib turadi. Tirnokka bosib kurish keskin ogrikka sabab buladi. Tirnok osti panarisiysini davolash Tirnok osti panarisiysi fakat operativ yul bilan davolanadi. Ba’zan zirapchani olib tashlashning uzi kifoya buladi. Zirapcha chekkalarini topish uchun tirnok plastinkasi ponasimon kesiladi. Agarda tirnok plastinkasi deyarli tulik ajralgan bulsa u olib tashlanadi. Pandaktilit Barmok barcha tukimalarining yiringli yalliglanishi pandaktilit deyiladi. U kupincha panarisiy yuza formalarining notugri davolanishi natijasida kelib chikadi. Bunda yiringli yalliglanish jarayoniga suyak, bugim, pay va barmokning yumshok tukimalari jalb buladi va bir nechta okma yaralar paydo bulib, ulardan nekrotik tukimalar, suyak sekvestrlari chikib turadi. Barmok shishib, kattalashib, sianotik tusga oladi, xunuk kurinishga kiradi va xarakatlar yukoladi. Davolash Pandaktilitning davosi fakat operativ bulib, barmokni olib tashlashdan iborat buladi. Download 332.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling