Osteomiyelit suyakning barcha elementlarini, suyak kumigi, suyakning
Download 332.69 Kb. Pdf ko'rish
|
25-nazariy material
Utkir yiringli artrit Utkir yiringli artrit- bugimning yiringli yalliglanishidir. 1-lamchi va 2 lamchi bulishi mumkin. 1 lamchi artritda infeksiya bugim jaroxati orkali tushadi. 2lamchi artritda esa turli endogen uchoklarda gemotogen va limfogen yullar bilan infeksiya kirib keladi, xamda yumshok tukimalar va suyaklardagi yiringli jarayonlar tarkalishi okibatida xam kelib chikadi. Ayniksa tizza va chanok-son bugimi artritlari ogir kechadi. Yalliglanish jarayoni sinovial parda shikaslanishidan boshlanadi – utkir sinovit. Bugimda avval seroz, keyin seroz fibrinoz va yiringli ekssudat yigiladi. Kachonki yiringli jarayon bugim kapsulasiga tarkalganda yiringli artrit boshlanadi. Suyaklar bugim yuzalariga yiringli jarayon tarkalishidan osteoartrit rivojlanadi.Jarayonga atrofdagi tukimalar jalb kilinishi paraartikulyar flegmona rivojlanishiga olib keladi. Eng kup tizza bugimi shikastlanadi (gopit), kamrok son- chanok bugimi(koksit), va yelka bugimi(omaartrit). Klinikasi Sinovial kavat shikaslanishi xarakatda kuchayadigan ogriklar paydo bulishi bilan xarakterlanadi. Bugimda aktiv xarakatlar tuxtaydi , kul-oyoklar majburiy xolatga utadi. Bugim kattalashadi , uni konturi tekislanadi. Palpasiyada bugimda birdaniga ogrik kuzatiladi, teri giperimiyasi aniklanadi. Tizza bugimi shikastlanishda bugimda suyuklik tuplanishi natijasida tizza kopkogi suyagi gichirlashi aniklanadi. Maxalliy simptomlardan tashkari yiringli –rezobtiv isitma belgilari aniklanadi. Rentgen tekshiruvida bugim yorigi kengaygani aniklanadi, osteoartritda suyaklarda destruksiya uchoklari bulishi mumkin. Olingan ekssudat yalliglanish jarayoni xarakteri xakida xulosa kilish imkonini beradi; bundan tashkari uning bakteriologik tekshiruvi adekvat antibiotik tanlash imkonini beradi. Davolash Artritni davolash konservativ va operativ bulishi mumkin. Odatda konservativ davolashdan boshlanadi. Kuyidagi tadbirlarni amalga oshirishni uz ichiga oladi. - antiseptiklar bilan yuvib bugimni punksiya kilish va antibiotiklar kiritish; - gipsli logett yoki maxsus shina yordamida immobilizasiya; - fizoterapiya; - umumiy antibakterial terapiya; Osteoartrit paraartirikulyar flegmona rivojlanishida operativ davolash kerak. Operasiyada artotomiya, suyak bugim yuzasi reviziyasi, bugimni operasiyadan keyingi davrda yuviladigan-okma sistemasi bilan drenajlash va obdon sanasiya amalga oshiriladi. Ogir xolatlarda keyingi artrodez bilan bugim rezeksiyasi amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling