Osteomiyelit suyakning barcha elementlarini, suyak kumigi, suyakning
Download 332.69 Kb. Pdf ko'rish
|
25-nazariy material
Osteomiyelit – suyakning barcha elementlarini, suyak kumigi, suyakning uzini va suyak usti pardasini zararlovchi yalliglanish jarayonidir. «Osteomiyelit» terminini 1831 yil fanga Reyno kiritggan. Tugridan tugri tarjima kilinganda suyak kumigi yalliglanishini bildiradi. Yiringli osteomiyelit suyakka infeksion kuzgatuvchilarni tushish yuli va patogenezi buyicha ikkita katta guruxga bo’linadi. Infeksiya kuzgatuvchisi gematogen yul bilan tushsa, gematogen osteomiyelit xakida fikr yuritiladi. Agar suyak va uning elementlariga ochik travma natijasida infeksiya tushsa, travmatik osteomiyelit deb nomlanadi. Operasiyadan keyingi davolash muolajalari natijasida infeksiya tushishi – osteosintezni – operasiyadan keyingi deb ataladi. Gematogen osteomiyelit juda ogir kasallik bulib, odatda bolalar va usmirlar, ayniksa, ugil bolalar kizlarga nisbatan 3 marta kuprok kasallanadilar. Xar xil statistik ma’lumotlarga asosan bolalar xirurgik bulimlarining 3-10 % bemorlarini gematogen osteomiyelit bilan kasallangan bolalar tashkil etadi. Gematogen osteomiyelitning kuzgatuvchisi bulib, ko’p xollarda tillarang stafilokokk, kam xollarda streptokokk, pnevmokokk va ichak tayokchasi xisoblanadi. Gematogen osteomiyelit uchun monoinfeksiya xarakterlidir. Kuzgatuvchining kirib borish joyi bulib, kichik. Ba’zida bilinar-bilinmas yiringli uchok (yiringlayotgan tirnalish, furunkul, angina – limfoid follikuladagi yiring) bulib, u suyakda klinik anik jarayon paydo bulish davrida yukolib ketishi mumkin. Gematogen infeksiya uchogining suyakda paydo bulishi XIX asr oxirida Lekser tomonidan aniklangan, u bolalar suyagining usish zonasining tuzilish xususiyatlari bilan bulib, ularga kuyidagilar kiradi: 1. Bolalarda metafiz aktiv funksiya bajaruvchi epifizar togay chegarasida kon okimi sekin bulgan keng kapillyarlar bilan ajralib turuvchi juda zich tomirlar turini tutadi. 2. Metafizning tomirlar turi epifizar togay tomir tutami bilan boglanmaydi. 3. Bolalarda govak suyaklarida mayin, yiring bilan oson eruvchi, tomirlarga boy tusiklar va suyak bilan murt boglangan suyak usti pardasi bor. Bir- biriga mos keluvchi kuzgatuvchilarning soni va patogenligi, shuningdek organizm rezistentligi xolatiga kura jarayon kechishining kuyidagi turlari bulishi mumkin: Makrofaglar tomonidan fogositoz kilingan mikroorganizmlar suyak kumigida uladi. Mikroorganizmlar yiringli jarayonni zudlik bilan avj olishga kumaklashadi. Mikroorganizmlar noaktiv xolatda kolishlari mumkin, bunda klinik xech kanday aniklanmaydigan infeksiya bulib koladi, fakatgina u yoki bu xolatda makroorganizmning umumiy yoki maxalliy rezistentligi kuchsizlanishi natijasida kasallik avj olishi mumkin. Download 332.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling