Osteomiyelit suyakning barcha elementlarini, suyak kumigi, suyakning


Download 332.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana21.04.2023
Hajmi332.69 Kb.
#1374137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
25-nazariy material

Utkir yiringli bursit 
Utkir yiringli bursit – bugim oldi sinovial kopning utkir yiringli yalliglanishi. 
Sinovial bugimoldi koplar (bursalar) sinovial suyuklik ishlab chikaruvchi, 
endoteliy bilan koplangan, yopik biriktiruvchi tukimali, sillik yuza bilan 
koplangan. Yiringli bursit kuzgatuvchilari kuprok stafilokokklar va streptokokklar 
xisoblanadi. Kirish darvozalari terining shilingan va tirnalgan joylari. Bundan 
tashkari infisirlashni gemotogen va limfogen yullari bulishi mumkin. Kupchilik 
xollarda bursit rivojlanishiga jaroxat sabab buladi, natijada oldin seroz keyin 
yiringli bursit rivojlanadi. Eng kup prepatilyar va tirsak sinovial koplari utkir 
bursitlari rivojlanadi. 
Klinikasi. 
Bemorlar sinovial koplar joylashgan joylarda shishli ogriklar paydo bulishiga 
shikoyat kiladilar. Maxalliy tekshirishda tegishli sinovial kop proyeksiyasida 
ogrikli uralgan shish aniklanadi, teri giperimiyalangan, flyutuasiya tinik aniklanadi. 
Bugimda xarakatlar nisbatan ogrikli. Yalliglanishning umumiy simptomlari 
nisbatan ifodalangan. Davolash bugim soxalarida yiringli jarayonlarni 
davolashning umumiy koidalari bilan olib boriladi.
Osteomiyelit deb suyak kumigining yalliglanishiga aytiladi. Ammo xozirgi 
vaktda bu termin suyak tukimasi barcha kavatlarning yalliglanishiga 
nisbatan ishlatiladi: kompakt kismining yalliglanishi – ostit, suyak kumigi– 
osteomiyelit va suyak usti pardasi– periostit. 
Osteomiyelit infeksiyaning endogen (gematogen) yoki ekzogen yul bilan 
suyak tukimasiga tushishi natijasida rivojlanadi.


Osteomiyelitning kuyidagi turlari tafovut kilinadi :
- Gematogen osteomiyelit, mikroblarning suyakka kon orkali tushishi 
natijasida kelib chikuvchi turi xisoblanadi.
- Jaroxat yoki travmatik osteomiyeliti, ikkilamchi kasallik bulib, jaroxat 
infeksiyasining asorati sifatida rivojlanadi.
- Gematogen osteomiyelit 
Ko’pincha o’g’il bolalar va uspirinlarda uchraydi. Jarayon odatda son va katta 
boldir suyaklari ba’zan esa boshka suyaklarda xam joylashgan buladi. 
Osteomiyelitning kuzgatuvchilari kupincha kuyidagilar: 
Stafilokokklar 
60-80% 
Streptokokklar 
5-30% 
Pnevmokokklar, tayokchalar 
va aralash flora 
10-15% 
Osteomiyelitda birlamchi uchoklar: 
 Furunkullar 
 Panarisiylar 
 Flegmonalar 
 Saramas 
 Infisirlangan jaroxat 
 Karioz tishlar 


 Tonzillitlar 
 Burun yondosh bushliklaridagi yalliglanish jarayonlar 
Osteomiyelit rivojlanishiga ta’sir kiluvchi omillar: 
 Anatomo-fiziologik omillar. 
 Biologik va immunobiologik omillar. 
 Olib keluvchi omillar (suyaklarning shikasti, maxalliy sovuk kotish, 
avitaminozlar, umumiy xoldan toyish). 
Anatomo-fiziologik omillar: 
Suyaklar diafizi uchun magistral kon aylanish turi xarakterli, epifizlarda esa 
kon tomirlar kovuzloklar xosil kilganligi sababli mikroblar suyakda cho’kib 
koladi (emboliya nazariyasi), mikroblarni kirib olishiga chikib ketuvchi kon 
tomirlarning kengaygan kovuzloklari xam yordam beradi. Suyak epifizlari 
bo’gimlar kapsulasi bilan chambarchas boglik bo’lganligi uchun yalliglanish 
jarayoni bo’gimlardan metafizga osongina o’tishi mumkin yoki aksincha. 
O’tkir gematogen osteomiyelitda yiringli jarayonning tarkalishi 
1- suyak kumigining yalliglanishi 
2- suyak usti parda osti abssessi 
3- mushaklararo flegmona 
4- teri osti flegmonasi 
Patologoanatomik manzarasi: 
Suyak kumigiga infeksiya tushganida seroz yalliglanish jarayoni rivojlanib 
suyak kumigi shishi va giperemiyasi bilan kechadi. Seroz yalliglanishi tukimalar 
nekrozi va flegmona rivojlanishi bilan asoratlanishi mumkin. Yiringli infeksiya 
gavers kanallari orkali suyakning kompakt katlamiga kirib suyak usti pardasining 
yiringli yallig’lanishini chakiradi. Ba’zan esa suyak usti pardasi osti abssesslari 
rivojlanib suyak kortikal katlamining yemirilishi kuzatiladi.


Gavers kanallari soxasidagi tomirlarning trombozi tufayli suyak kompakt 
katlamining kon bilan ta’minlanishi buziladi, nekroz uchoklari va sekvestrlar 
rivojlanadi. Ba’zan sekvestrasiyaga naysimon suyaklarning bir yoki ikkala epifizi, 
ba’zan esa suyakning barcha kismlari uchrashi mumkin. Suyak sekvestri 
granulyasion to’kima bilan o’ralgan bulib, sekvestral bushlikda joylashgan, u esa 
kup mikdorda yiring va autolizga uchragan suyak koldiklaridan iborat buladi. 
Vakti kelib yiring yumshok tukimalarni xam yallig’lantiradi va tashkariga yoriladi. 
Buning okibatda esa bitmaydigan okma yaralar paydo bulib jarayon surunkali tus 
oladi. Suyak sekvestrlari yalliglanish jarayonini ushlab turadi. Ba’zan ular suriladi, 
yoki fragmentlar kurinishida okma yaralar teshigi orkali tashkariga okib chikadi.
Kasallikning surunkali kechishi davriy ravishda xurujlar bulishi, mudrovchi 
infeksiyaning uzok vakt saklanishi va vakti-vakti bilan yalliglanish xurujlarini 
keltirib chikarishi bilan xarakterlanadi. Suyakdagi kayta kurilish jarayonlari 
zararlangan suyak kompakt katlamining skleroziga olib kelishi mumkin. Uzok 
davom etuvchi yiringli jarayon parenximatoz a’zolarda degenerasiya chakiradi, 
jigar va buyrakda amiloidoz rivojlanadi.
Osteomiyelitlarning tasnifi 
O’tkir osteomiyelit: 
a) o’tkir gematogen osteomiyelit; 
b) o’tkir travmatik osteomiyelit; 
2. Surunkali osteomiyelit: 
A. Birlamchi surunkali osteomiyelit: 
a) Brodi abssessi 
b) Ollye albuminozli osteomiyeliti 
v) Garre sklerozlovchi osteomiyeliti 


B. ikkilamchi surunkali osteomiyelit 
O’tkir gematogen osteomiyelitning klinikasi 
 O’tkir boshlanishi 
 Tana xaroratining baland bulib (39-40
o
S) titrok tutishi 
 Umumiy xolsizlik 
 Bosh ogrishi 
 Ko’ngil aynishi va kusish 
 Tilning kurishi va karash bilan koplangan bo’lishi 
 Taxikardiya
 Leykositoz va kon formulasining chapga siljishi 
 Kupincha bolalik va usmirlik yoshida bo’lishi
 Arzimagan xarakatlarning ogrikli bo’lishi 
 Teri rangining ko’kimtir rangga kirishi 
Gematogen osteomiyelitning yashinsimon shakllari (molniyenosnыye formы) 
keskin intoksikasiya va septik xolat bilan, bemorlar axvolining ogir bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. Jigar va talok kattalashadi, sariklik paydo buladi, leykositoz va 
EChT (SOE) ortadi. Suyaklarda ko’plab infeksiya o’choklari borligi bilan 
xarakterlanadi. Bemorlar maxalliy simptomatika bo’lmaganida xam bir necha kun 
davomida nobud bo’lishi mumkin.
O’tkir gematogen osteomiyelitning diagnostikasi 
 Suyaklarni rentgen tekshiruvi 
 Suyakni punksiya kilib kurish 
 Suyak ichi bosimini aniklash - densitonometriya va osteomedullografiya 
O’tkir gematogen osteomiyelitning rentgen manzarasi 
O’tkir gematogen osteomiyelitning asoratlari 
 Umumiy yiringli infeksiya 
 Anemiya va ichki a’zolarning amiloid degenerasiyasi 
 Ikkilamchi yiringli artritlar 


 Patologik sinishlar 
 Ankilozlar 
 Oyok va kullarning deformasiya va kontrakturalari 
O’tkir gematogen osteomiyelitni davolash 
 Tinchlik 
 Zararlangan oyok-ko’llarni immobilizasiya kilish (gipsli longetalar, ba’zan 
esa skelet cho’zish usullari) 
 Antibiotiklar 
 Sulfanilamidlar va nitrofuran vositalari 
 Suyaklarni mikroperforasiya kilib yiringni chikarish, antibiotiklar yuborish 
uchun nina yoki mikroirrigatorlar o’rnatish. 
 Yumshok to’kimalarda flegmonalar rivojlangan maxallarda yiringli 
bushliklarni ochish, suyak kanalni trepanasiya kilib, drenajlash, faol 
aspirasiyani yulga kuyish 
 Sekvestrlar chegaralanib, osteomiyelit surunkali shaklga utgan xolatlarda 
radikal taktika amalga oshiriladi. 
O’tkir travmatik osteomiyelitning klinikasi 
 Suyaklarning sinishi bilan kechuvchi katta shikastlanishlardan keyin kelib 
chikadi.
 Boshlangich boskichlarida jarayonning yashirin, kechishi. 
Jaroxatda sust granulyasiyalar, okma yaralar, shish, kuchib yuruvchi flebit 
va limfangitning bo’lishi. 
 Bemorlar umumiy axvolining sekin-asta yomonlashuvi, anemiya 
rivojlanishi. 
 Tana xaroratining oshishi 
Infeksiya bevosita naysimon suyaklar periosti tagiga tushib kortikal katlam 
gavers kanallarini zararlaydi, lekin chukur katlamlariga kirmaydi. Natijada 
suyaklar zararlangan soxasida trofika buzilib, nekroz va demarkasion chizik paydo 
bo’ladi, shu chizik bo’ylab xayotga layokatini yo’kotgan sekvestrlar ko’chib 


tushadi. Rentgen tekshiruvida sekvestr saklovchi suyak bo’shliklari, suyak ichi 
sklerozi va kalinlashgan suyak usti pardasi aniklanadi. Singan suyaklar sinishining 
keskin sustligi ko’zga tashlanadi.
O’tkir travmatik osteomiyelitning asoratlari 
- Soxta bugimlar paydo bulishi 
- Bugimlarda ankiloz va kontraktura rivojlanishi
- Oyok yoki kullarning gangrenaga uchrashi 
- Sepsis rivojlanishi
- Ichki a’zolarning amiloid degenerasiyasi 
O’tkir travmatik osteomiyelitni davolash 
 Tinchlik tartibi
 Oyok-ko’llarni immobilizasiya kilish 
 Antibiotik, sulfanilamid va nitrofuran vositalari buyurish
 Kon va kon o’rnini bosuvchi vositalar kuyish 
 Yiringli bo’shlik chuntaklarini ochib tashlash, nekrektomiya kilish va suyak 
koldiklarini olib tashlash 
 Yiringli yaralarni xar kuni sanasiya kilish 
 Tukimalarni kuplab zararlanishi va sepsisda oyok-ko’llarni amputasiya 
kilish 
Birlamchi surunkali osteomiyelit 
Brodi absessi suyakning govaksimon katlamida rivojlanib, utkir gematogen
osteomiyelitning bir turi sifatida namoyon buladi. Bu kasallikda bo’g’im atrofida 
sust virulentli mikrob saklovchi dumalok shaklli bo’shlik paydo bo’ladi. Abssess 
tashki tomonidan dag’al kapsula bilan o’ralgan bo’ladi. Bemorlarning shikoyatlari 
unchalik ko’p bo’lmaydi, oyok yoki ko’llarda kechalari kuchayuvchi biroz 
og’riklarga shikoyat kilishadi. Rentgenogrammada suyaklarda dumalok shaklli 
bo’shlik borligi aniklanadi.


Brodi abssessining davosi – operativ bulib, suyakni trepanasiya kilinadi, yiring 
evakuasiya kilinganidan keyin bushlik plomba kilinadi.
Operasiyadan keyingi davrda antibiotik va sulfanilamidlar buyuriladi.
Ollye albuminoz osteomiyeliti 
Suyakning kortikal katlamida joylashadi. Kasallikni virulentligi kuchsiz 
infeksiya chakiradi. Yalliglanish jarayoni kuymoksimon yiring paydo bulishi bilan 
kechib, u suyak usti pardasini ko’chiradi. Kasallik oyok ko’llarda og’riklar, 
subfebril temperatura va maxalliy shish bilan xarakterlanadi. Yallig’lanish 
davomida uncha katta bo’lmagan suyak sekvestrlari paydo bo’ladi.
Ollye albuminoz osteomiyelitini davolash xam operativ usulda. Bunda yiringli 
o’chok ochiladi, granulyasion to’kimalar kirib olinadi.
Garre sklerozlovchi osteomiyeliti 
Suyaklarning keskin sklerozi va periostal kavatlanishi bilan kechib, sifilitik 
osteoperiostitni eslatadi. Jarayonning kechishi bir muncha yaxshi bo’lib, 
sekvestrlar xosil bo’lmaydi.
Bu kasallikni davolashda asosan fizioterapevtik muolajalar, ayniksa balchikli 
applikasiyalar va vannalardan foydalaniladi. 
Ikkilamchi surunkali osteomiyelitning klinikasi 
- Suyak sekvestrlari xosil bo’lishi bilan xarakterlanadi 
- Okma yaralardan yiring aralash parchalangan suyak parchalari chikishi 
- Jarayonning residivlanuvchi xarakterdaligi va shu sababli xam uni “soat 
mexanizmi o’rnatilgan sekinlashtirilgan bomba” deyiladi.
- Kasallik xuruj kilganida o’tkir maxalliy og’rik paydo bo’ladi, tana xarorati 
ko’tariladi, yumshok to’kimalar flegmonasi rivojlanadi, okma yaralar paydo 


bo’ladi. Yiring okib chikkanidan keyin bemorning axvoli yaxshilanadi. 
Jarayon takrorlanadigan bo’lsa yalliglanish soxasida teri va mushaklar 
atrofiyaga uchraydi, teri tagidagi suyak bilan yopishib, bitmaydigan yara va 
okmalar paydo bo’ladi, bo’g’imlarda kontraktura rivojlanadi, ichki a’zolarda 
amiloid degenerasiya kelib chikadi.
Ikkilamchi surunkali osteomiyelitning diagnostikasi 
Rentgenogrammalarda xar xil ulchamdagi va shakldagi, sekvestr saklovchi 
bushliklar, periostal reaksiya va kompakt katlamida skleroz aniklanadi.
Ikkilamchi surunkali osteomiyelitni davolash 
Kasallikning boskichiga boglik. Xuruj davrida o’tkir osteomiyelitni davosi 
buyuriladi. Antibiotiklar kamrok dozalarda belgilanadi. Suyak usti parda osti 
abssesslari va yumshok to’kimalar abssesslari kesib ochiladi. Suyak sekvestrlari 
bo’lgan xolatlarda esa radikal operasiya – sekvestrektomiya kilinadi. Suyak 
trepanasiya kilinib yiringli bo’shlik ochiladi va sekvestr olib tashlanadi. 
Chukur suyak botikligini yukotish va yassi chukurcha xosil kilish maksadida 
sekvestrning o’rni dolota yordamida tekislanadi. Shu bilan sekvestr olib 
tashlanganidan keyin uning o’rnida suyuklik yoki yiring to’planishining oldi 
olinadi. Xosil kilingan bo’shlik parafin, plastmassa, konservlangan tog’ay 
to’kimasi, suyak autotransplantati yoki allotransplantat bilan to’ldiriladi.
Suyakdagi bo’shlikni atrof to’kimalar bilan ayniksa tomirli oyokchada mushaklar 
bilan to’ldirish juda yaxshi natijalar berib, suyak bo’shlig’ini tez bitishiga olib 
keladi.
O’tkir artrit 
Bo’g’imlarning yalliglanishi artrit deyiladi va uning sabablari xar xil bo’lishi 
mumkin – distrofik, endokrin, anafilaktik, travmatik.
Ko’pincha bo’g’imlarni infeksion yallig’lanishi uchraydi va unga yiringli artrit 
xam kiradi.


Yiringli artritning kupincha kuzgatuvchilari kuyidagilardan iborat: 
 Stafilokokklar 
 Streptokokklar 
 Pnevmokokklar 
 Enterobakteriyalar
 Gonokokklar
Korin tifi tayokchalari 
Infeksiya bo’g’imga yon atrofdagi yiringli o’chokdan tug’ridan to’g’ri 
o’tishi mumkin, yoki sepsis yoki tromboflebitda gematogen yo’l bilan xam o’tishi 
mumkin. 
Klinik manzarasi: 
Yiringli artrit og’ir klinik ko’rinish bilan namoyon bo’ladi. Zararlanish eng ko’p 
uchraydigan bo’g’imlar bu:
- Tizza bo’g’imining zararlanishi – gonit 
- Chanok bo’g’imining zararlanishi – koksit 
- Yelka bo’g’imining zararlanishi – omartrit 
deb yuritiladi.
Yiringli artritda bemorlarning shikoyatlari 
- Bo’g’imlarda ogrik 
- Bo’g’imlarda xarakatlarning cheklanganligi va og’rikliligi 
- Oyok ko’llarning yarim bukilgan xolati 
- Bo’g’imlarda shish va xajmining kattalashganligi 
- Tana xaroratining baland bulishi
- Bo’g’im konturlarining tekislanganligi 
- Bo’g’im soxasida flyuktuasiya aniklanishi 
- Bo’g’im boylamlari va tog’ayi zararlanganida patologik xarakatlarning 
paydo bo’lishi 
- Bo’g’im yuzalarining krepitasiyasi 


Yiringli artritlarning asoratlari: 
 Bo’g’imlarning chala yoki to’la chikishlari 
 Deformasiyalovchi artrozlar 
 Ekzostozlar 
 Bo’g’imlar ankilozlari 
Artritlarni davolash: 
- Bo’g’imlarni immobilizasiya kilish 
- Isituvchi muolajalar kilish 
- Ogrik koldiruvchi vositalar buyurish 
- Bo’g’imlarni punksiya kilish va seroz yallig’lanishda bo’g’im bo’shlig’iga 
antibiotiklar yuborish 
- Yiringli artritda artrotomiya kilish, yiringli bo’shlikni sanasiya kilib, lavaj 
kilish uchun drenaj naychalar o’rnatish 
- Antibakterial terapiya
- Kon va kon o’rnini bosuvchi suyukliklar ko’yish 
- Operasiyadan keyingi davrda davo gimnastikasi, massaj, balchik va suv 
muolajalari. 
Bursitlar 
Bo’g’im shillik xaltachalarining yallig’lanishi bursit deyiladi, va u ko’pincha 
prepatellyar va tirsak xaltachasida, ba’zan esa yelka osti, kurak, yonbosh, 
deltasimon bo’g’im xaltachalarida uchraydi.
Etiologiya va patogenezi 
Infeksiya shillik xaltachalarga to’g’ridan to’g’ri gematogen yul bilan tushishi 
mumkin, yoki jarayonning yakin atrof tukimalaridagi yiringli uchoklardan 
utishidan rivojlanii mumkin 
Ba’zan spesifik sil yoki zaxm bursitlari kuzatiladi. Uzok vakt mexanik ta’sir 
bo’lish natijasida rivojlanuvchi kasbiy surunkali bursitlari kuzatiladi (tosh 
o’yuvchilar, ruda kavlovchilar, asfalt yotkizuvchilar). 


Utkir va surunkali bursitlar tafovut kilinadi.
O’tkir bursitning klinikasi 
 Jarayonning tez kechishi xarakterli 
 Zararlangan shillik xaltacha soxasida ogrik.
 Zararlangan shillik xaltacha soxasida shish, kizarish va ba’zan flyuktuasiya 
 Tana xaroratining ko’tarilishi 
Surunkali bursitning klinikasi 
 Shish va biroz maxalliy ogrik 
 Zararlangan shillik xaltacha devorlarining kalinlashganligi 
 Shillik xaltachaning fibringa boy seroz suyuklik bilan to’lishi 
O’tkir bursitni davolash 
 Tinchlik tartibi 
 Oyok ko’llarni immobilizasiya kilish 
 Isituvchi muolajalar 
 Shillik xaltachani punksiya kilib, ekssudatni evakuasiya kilish va bushligiga 
antibiotiklar yuborish.
 Yiringli bursit kuzatilgavn xollarda esa yiringli bushlik ochilib sanasiya 
kilinadi.
Surunkali bursitni davolash 
Surunkali bursitda radikal operasiya – shillik xaltachani ekstirpasiya kilish 
operasiyasi amalga oshiriladi. 

Download 332.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling