O‘stirishdagi hayvonlar hisobi va auditining tashkiliy- uslubiy jihatlarini takomillashtirish Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, tdau dotsenti, I f. n


Download 259.5 Kb.
bet2/6
Sana27.12.2022
Hajmi259.5 Kb.
#1069046
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘STIRIShDAGI HAYVONLAR HISOBI VA AUDITINING TAShKILIY-

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Iqtisodchi olimlar R.A.Alborov va S.M.Konsevaya tomonidan yozilgan «Biznes auditi»[2] o‘quv qo‘llanmasining 1-o‘quv moduli «Oborotdan tashqari aktivlar va moddiy ishlab chiqarish zaxiralari auditi» deb nomlanib, 4-modul birligi «O‘stirishdagi va boquvdagi chorva mollari auditi» deb atalgan. Mazkur modulda o‘stirishdagi hayvonlar mavjudligi, hisobi va ichki xo‘jalik nazorati holati auditi hamda o‘stiruvdagi mollarini hisobdan chiqarilishi hisobi va auditi kabi masalalar yoritilgan.
Soha mutaxassisi R.A.Alborov «Sanoat, savdo va ASM korxonalarida audit»[3] nomli o‘quv qo‘llanmasining, «Tovar-moddiy zaxiralar auditi» nomli 9-bobi 9.1paragrafi «O‘stirishdagi va boquvdagi chorva mollari mavjudligi va harakati hisobining auditi»deb nomlanib, unda o‘stirishdagi hayvonlar kirimi va chiqimi masalalarini, shuningdek analitik va sintetik hisobining to‘g‘ri yuritilganligini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning xususiyatlari bayon qilingan.
Iqtisodchi olim Yu.I.Zyuzin [4] o‘stirishdagi hayvonlarning biologik aktivlar tarkibida ekanligiga e’tibor qaratadi va ularni auditorlik tekshiruvdan o‘tkazish maqsadiga to‘xtalib: «Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda biologik aktivlar bilan bog‘liq muomalalar auditining maqsadi biologik aktivlar bilan bog‘liq muomalalarning buxgalteriya hisobotlari va uning tushuntirish qismida ishonchli aks ettirilishiga nisbatan fikr shakllantirishdan iborat».
Iqtisodchi olim R.D.Dusmuratovning «Audit asoslari» [5] darsligida chorvachilik tarmog‘ini tekshirishda o‘stirishdagi hayvonlar auditiga ham alohida e’tibor qaratilishi kerakligi ta’kidlab o‘tilgan. «Olingan naslni kirim qilishni tekshirishda: buzoqlar, qo‘zilar va cho‘chqachalar tug‘ilgan kuni; toylar, bo‘taloqlar bir sutkalik bo‘lganida; quyonchalar tug‘ilganidan so‘ng ikkinchi kuni; korxonaning o‘zida inkubatsiyadan chiqarilgan jo‘jalar bir sutkalik bo‘lganida, sotib olinganlari esa keltirilgan kuni kirim qilinishini nazarda tutmoq kerak» deb aytib o‘tilgan.

Download 259.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling