O‘STIRIShDAGI HAYVONLAR HISOBI VA AUDITINING TAShKILIY-
USLUBIY JIHATLARINI TAKOMILLAShTIRISh
Menglikulov Baxtiyor Yusupovich,
TDAU dotsenti, i.f.n.
E-mail: mbaxtiyor@mail.ru
Annotatsiya: Maqolada o‘stirishdagi hayvonlar hisobi va auditining tashkiliyuslubiy jihatlari yoritilgan. O‘stirishdagi hayvonlar hisobi va auditini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xulosalar shakllantirilgan hamda takliflar ishlab chiqilgan.
Annotatsiya: V state osveщenы organizatsionno-metodicheskie voprosы audita jivotnыx na vыraщivaniya. Sformirovanы vыvodы i razrabotanы rekomendatsii po organizatsiyu i provedeniyu ucheta i audita jivotnыx na vыraщivanie.
Abstract: The article covered organizational and methodological issues of auditing of animals on the growing. Formed conclusions and prepared the organization and recommendation on the accounting and auditing of the animals on the growing.
Kalit so‘zlar: o‘stirishdagi hayvonlar, buxgalteriya hisobi, audit, ichki nazorat tizimi, baholash.
Kirish
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligi, jumladan chorvachilik sohasi muhim rol o‘ynaydi. Respublikamiz aholisining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va sohani rivojlantirish masalalariga Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan ham katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida chorvachilikni rivojlantirishga yetarlicha sharoit yaratish masalasiga to‘xtalib «Chorvachilik sohasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, qoramol va parranda sonini ko‘paytirish, bu borada sifat va mahsuldorlikka erishish uchun yetarli sharoit yaratishimiz zarur»[1] deb ta’kidlab o‘tdilar.
Chorvachilikda ishchi va mahsuldor hayvonlar asosiy vosita sifatida uzoq muddatli aktivlar tarkibida, o‘stirishdagi hayvonlar esa joriy aktivlar tarkibida hisobga olib boriladi. O‘stirishdagi hayvonlar hisobi hamda auditini to‘g‘ri tashkil etish esa dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |