O‘stirishdagi hayvonlar hisobi va auditining tashkiliy- uslubiy jihatlarini takomillashtirish Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, tdau dotsenti, I f. n


Download 259.5 Kb.
bet3/6
Sana27.12.2022
Hajmi259.5 Kb.
#1069046
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘STIRIShDAGI HAYVONLAR HISOBI VA AUDITINING TAShKILIY-

Tadqiqot metodologiyasi


Tadqiqot davomida o‘stirishdagi hayvonlar hisobi va auditining tashkiliyuslubiy jihatlarini o‘rganish maqsadida ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borishning iqtisodiy-statistik, monografik tadqiq etish, taqqoslash va boshqa usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar


O‘stirishdagi hayvonlar biologik aktivlarning turlaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos hisob va audit ob’ektidir. Shu bois, o‘stirishdagi hayvonlarning mavjudligi va hisobini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ham o‘ziga xos tashkiliy-uslubiy yondashuvlarni talab qiladi. O‘stirishdagi hayvonlarning mavjudligi va harakati haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlarini tekshirish korxona balansida ushbu aktivlar sezilarli ulushni tashkil etgan, ixtisoslashgan chorvachilik korxonalari auditining ajralmas qismidir.
O‘stirishdagi hayvonlar auditining maqsadi korxona buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining ishonchliligi va tekshirilayotgan operatsiyalarning amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi bo‘yicha xulosa taqdim etishdan iborat. Shunday ekan, 50-son «Auditorlik dalillari» nomli AFMSga [6] muvofiq moliyaviy hisobotni tuzishdagi barcha asoslarni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan auditorlik dalillarini to‘plashni o‘z ichiga oladigan, tekshiruvning maxsus vazifalarini shakllantirish zarur.
Fikrimizcha, auditning ushbu vazifalari quyidagilardan iborat:

  • aniq sanadagi hisob va hisobotlarda aks ettirilgan o‘stirishdagi hayvonlarning haqiqatda mavjudligi va ularga nisbatan huquqlarning hujjatlar bilan tasdiqlanganligini tekshirish;

  • tekshirilayotgan davrdagi o‘stirishdagi hayvonlarning harakati bo‘yicha operatsiyalarning haqiqatda sodir bo‘lganligini aniqlash;

  • ushbu turdagi aktivlarning buxgalteriya hisobi va hisobotlardagi qiymatini baholashning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq to‘g‘riligini tekshirish;

  • o‘stirishdagi hayvonlar bilan bog‘liq operatsiyalarning hisob registrlari va hisobotlarda aniq aks ettirilishini nazorat qilish;

  • o‘rganilayotgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobotlarida turkumlanishi, taqdim etilishi va bayon qilinishi to‘g‘riligini tasdiqlash.

O‘stirishdagi hayvonlar bo‘yicha operatsiyalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish boshqa aktivlar auditidan, unda mohiyatiga ko‘ra tekshiruvda qo‘llaniladigan auditorlik amallarining tarkibi va mazmuni bilan farq qiladi. O‘stirishdagi hayvonlar harakati bo‘yicha operatsiyalar, qoidaga ko‘ra, muntazam ravishda amalga oshiriladi va biologik aktivlarning biotransformatsiyalanish jarayonlariga xos bo‘lgan quyidagi xilma-xil va o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi:

  • olingan nasl va qo‘shilgan vaznning kirim qilinishi;

  • o‘stirishdagi hayvonlarni yosh-jinsi bo‘yicha guruhdan-guruhga o‘tkazilishi; – o‘stirishdagi hayvonlarning sotilishi, so‘yilishi va harom o‘lishi; – o‘stirishdagi hayvonlarni aholidan xarid qilish.

Hisobning ushbu ob’ektini tekshirayotgan auditor ma’lum darajada zootexniya sohasida ham bilimlarga ega bo‘lishi zarur. Jumladan, o‘stirishdagi hayvonlar turlari bo‘yicha olingan bir bosh naslning sutkalik o‘rtacha o‘sish va o‘rtacha vazni, o‘stirishdagi hayvonning o‘rtacha tirik vazni va shu kabilarni bilishi. Ayrim hollarda normativ ma’lumotnomalar va zootexnik maslahatlari talab qilinishi mumkin.
O‘stirishdagi hayvonlar hisobi bo‘yicha operatsiyalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish metodikasi ham auditorlik faoliyati milliy standartlarida belgilangan auditning umumiy prinsiplariga asoslanadi hamda uchta bosqichni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish, auditorlik dalillarini to‘plash, tekshiruv natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish.
3-son «Auditni rejalashtirish» [7], 9-son «Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi» [8] va 31-son «Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishuv»[9] nomli standartlariga muvofiq o‘stirishdagi hayvonlar auditiga samarali yondashuvni ishlab chiqishi uchun auditor rejalashtirish bosqichida mijoz korxonadagi ichki nazorat tizimining samaradorligini o‘rganishi va uning ishonchliligini baholashi lozim. Ushbu baholash tekshiruv jarayonida tasdiqlanishi yoki tuzatishlar kiritilishi mumkin. Ichki nazorat tizimini baholash uchun auditor oldindan anketa-savolnoma tayyorlab kuzatish, xodimlardan so‘rov o‘tkazish, auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan korxonada tizimli, dastlabki hisob va boshqa hujjatlaridagi ma’lumotlarni ko‘rishi, testlar o‘tkazishi maqsadga muvofiq. Fikrimizcha, ichki nazorat tizimi samaradorligini va auditorlik riskini baholash uchun ushbu ob’ekt bo‘yicha savolnomaga quyidagilarni kiritish mumkin (1-jadval). 1-jadval O‘stirishdagi hayvonlar auditi bo‘yicha ichki nazorat tizimini baholash uslubi



O‘rganiladigan masalalar

Ishonchli

Qoniqarli

Shubhali

Qoniqarsiz

Izoh

1

Korxonadagi o‘stirishdagi hayvonlar turlari va guruhlari; ularning bosh soni hamda ferma bo‘yicha joylashtirilganligini tekshirish






2

O‘stirishdagi

hayvonlarning









saqlanishini

ta’minlaydigan



















sharoitlarning tekshirish

mavjudligini
















3

O‘stirishdagi hayvonlarni inventarizatsiya qilish tartibi va davriyligi, inventarizatsiya natijalarini hisobda aks ettirilishini tekshirish






4

O‘stirishdagi hayvonlarning harakati bo‘yicha operatsiyalarning nazoratini tekshirish






5

O‘stirishdagi hayvonlar bo‘yicha yig‘ma va analitik hisobning tashkil etilishini tekshirish






6

O‘stirishdagi hayvonlar harakatiga doir operatsiyalarga ruxsat berilishini tekshirish






7

Olingan naslning tannarxini kalkulyatsiyalash bo‘yicha metodikalar mavjudligi va ularga rioya qilinishini
tekshirish






8

O‘stirishdagi hayvonlar hisob ob’ekti bo‘yicha hujjatlar aylanish reja-grafigining mavjudligi va unga amal qilinishini tekshirish







  1. Korxonada o‘stirishdagi hayvonlar turlari va guruhlari; ularning bosh soni hamda joylashtirilganligini tekshirish. Auditor korxonada o‘stirishdagi hayvonlarning turlari va guruhlari (o‘stirishdagi hayvonlarning turli yosh-jinsi bo‘yicha guruhlari, buzoqlar, qo‘zilar, uloqlar qancha ko‘p bo‘lsa, ushbu hisob ob’ektlari bo‘yicha operatsiyalar turli tuman va ko‘p sonli bo‘ladi, shu sababli chalkashliklar ehtimoli shunchalik yuqori degan farazdan kelib chiqilishi zarur. Chorvachilik inshootlarining hududiy jihatdan uzoqda joylashganligi (masalan, boshqa aholi punktida joylashgan) ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilmasligiga olib kelishi mumkinligi buxgalteriya hisobida ishonchsiz bo‘lmagan ma’lumotlar shakllanishiga sharoit yaratishi mumkin.

  2. O‘stirishdagi hayvonlarning saqlanishini ta’minlaydigan sharoitlarning mavjudligini tekshirish. Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan korxonaning shunday nazorat vositalari samaradorligini, ya’ni o‘stirishdagi hayvonlarning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan moddiy javobgar shaxslarning mavjudligi va ular bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligi, o‘stirishdagi hayvonlarni saqlash joylarida qo‘riqlashning ta’minlanganligini (qorovul, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiya tizimi, yaylov maydonlarida to‘siqlarning mavjudligi) identifikatsiyalash va baholash lozim. Ko‘rsatilgan nazorat vositalarining mavjud emasligi o‘stirishdagi hayvonlarning o‘g‘irlanishi va boshqa salbiy harakatlarga olib kelishi mumkin.

  3. O‘stirishdagi hayvonlarni inventarizatsiya qilish tartibi va davriyligi, inventarizatsiya natijalarini hisobda aks ettirilishini tekshirish. Inventarizatsiya ma’lumotlarini qalbakilashtirishga imkon bermaydigan qoidalarga amal qilgan holda, belgilangan muddatlarda o‘tkazilganligini aniqlash zarur. Bu maqsadda auditor o‘stirishdagi hayvonlar inventarizatsiyasida ishtirok etishi zarur. Auditorning harakatiga qo‘yilgan talablar 19-son «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) [10] da bayon qilingan. Auditor inventarizatsiya natijalari buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilishini nazorat qilishi, shuningdek ular korxona rahbariyati tomonidan tahlil qilinishi, kamomad aniqlangan holatlarda tegishli choralar ko‘rilishini aniqlashtirilishi zarur. Olingan dalillar auditorga aktivlarning haqiqatda mavjudligi va ularning hisob va hisobotda to‘liq aks ettirilishini tasdiqlash uchun mohiyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda zarur bo‘ladi.

  4. O‘stirishdagi hayvonlarning harakati (guruhdan-guruhga o‘tkazish, sotilishi, majburan so‘yilishi, harom o‘lishi va b.) bo‘yicha operatsiyalarning nazoratini tekshirish. Auditor qo‘shilgan vazn, harom o‘lgan o‘stirishdagi hayvonlarning hisobdan chiqarilishi va hokazolarning to‘g‘riligini nazorat qilish funksiyasi korxona xodimlaridan qaysi biriga – zootexniya xizmati, buxgalteriya xodimlari yoki ferma mudirlariga yuklatilganligini aniqlashtiradi. O‘stirishdagi hayvonlarni tortish va so‘yish, aholidan qabul qilish, harom o‘lgan hayvonlarni hisobdan chiqarishda buxgalteriya xodimlarining ishtiroki hamda ushbu operatsiyalarni tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirishni nazorat qilish o‘stirishdagi hayvonlar soni va massasini qasddan soxtalashtirishning oldini olishga imkon beradi. Shuningdek, auditor 1 s tirik vazn, 1 s qo‘shilgan vazn, 1 bosh nasl tannarxi hisob-kitoblarining metodikaga muvofiqligini ham tekshirishi tavsiya etiladi.

  5. O‘stirishdagi hayvonlar bo‘yicha yig‘ma va analitik hisobning tashkil etilishini tekshirish. Fermalarda «Chorva mollari va parrandalarning harakatini hisobga olish daftari» yuritilishini aniqlash, ularning rasmiylashtirilish tartibi va o‘z vaqtidaligini baholash, shuningdek, o‘stirishdagi hayvonlar analitik hisobi qanday tashkil qilingan, u chorva mollarining turlari, guruhlari, saqlash joylari va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha ma’lumotlar olishga imkon beradimi?, shularni aniqlash zarur. Yig‘ma va analitik hisobning mavjud emasligi, albatta buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarida chalkashliklarga olib keladi.

  6. O‘stirishdagi hayvonlar harakatiga doir operatsiyalarga ruxsat berilishini tekshirish. Qoidaga ko‘ra, o‘stirishdagi hayvonlar harakatiga korxona rahbariyati yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ruxsat beriladi. Agar operatsiyalarga ruxsat berilmasa yoki bunga vakolatli bo‘lmagan shaxslar tomonidan ruxsat berilgan bo‘lsa, auditorlik tekshiruvidan o‘tayotgan korxonaning ichki nazorat tizimi qoidaga muvofiq bo‘lmagan harakatlarga yo‘l qo‘ygan hisoblanadi.

  7. Olingan naslning tannarxini kalkulyatsiyalash bo‘yicha metodikalar mavjudligi va ularga rioya qilinishini tekshirish. O‘stirishdagi hayvonlar tannarxini kalkulyatsiyalash masalalarini tekshirishda iqtisodchi olim

R.D.Dusmuratov tomonidan berilgan uslubiy tavsiyalar e’tiborga loyiq [11].
Profesor R.D.Dusmuratov tomonidan o‘stirishdagi hayvonlar bo‘yicha qo‘shilgan tirik vazn va hayvonning umumiy tirik vazni tannarx hisoblash ob’ekti bo‘lishi keltirilgan va quyidagicha yondashuv berilgan. «Qo‘shilgan tirik vaznning tannarxi ushbu hisob guruhidagi hayvonni saqlash xarajatlari umumiy summasini qo‘shilgan tirik massaga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘stirishdagi hayvonlar bo‘yicha qo‘shilgan vazn quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Vq=Vo+Vch+Vk-Vb
bunda, Vq - qo‘shilgan vazn;
Vo - yil oxiriga qolgan vazn;
Vch - yil davomida xo‘jalikdan chiqarilgan hayvonlar vazni; Vk - yil davomida xo‘jalikka kirim qilingan hayvonlar vazni; Vb - yil boshiga bo‘lgan vazn» [11].
O‘stirishdagi hayvonlar bo‘yicha qo‘shilgan vazn tannarxini hisoblashdan tashqari bir sentner tirik massaning tannarxi ham hisoblanadi (2-jadval).
Tirik vazn tannarxini hisoblash shuning uchun ham zarurki, o‘stirishdagi hayvonlar har bir turi bo‘yicha 1110-«O‘stirishdagi hayvonlar» schoti bo‘yicha hisob yuritishda har xil baholar qo‘llaniladi. Masalan, olingan buzoq, uning olingan bosh sonidan qat’i nazar sut yo‘nalishidagi asosiy podaga qilingan xarajatning 10 foizi bo‘yicha tannarxi aniqlanadi. Buzoqning qo‘shilgan vazni rejadagi qo‘shilgan vazn tannarxi bo‘yicha baholanadi. Sotib olingan buzoqlar esa haqiqatda sotib olingan baholarda kirim qilinadi. Auditor qo‘shilgan vaznni to‘g‘ri shakllantirilganligini tekshirishda yuqoridagilarni e’tiborga olishi lozim.

Download 259.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling