O‘stirishdagi hayvonlar hisobi va auditining tashkiliy- uslubiy jihatlarini takomillashtirish Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, tdau dotsenti, I f. n
-jadval Qibray tumani «Azizjon» fermer xo‘jaligida chorva mollari tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlarining tahlili
Download 259.5 Kb.
|
O‘STIRIShDAGI HAYVONLAR HISOBI VA AUDITINING TAShKILIY-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-jadval Qibray tumani «Azizjon» fermer xo‘jaligida sog‘ib olingan yalpi sut miqdorining omilli tahlili
- Xulosa va takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar
4-jadval Qibray tumani «Azizjon» fermer xo‘jaligida chorva mollari tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlarining tahlili
Xo‘jalikning chorva mollari tarkibiga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, 2017 yilda 2016 yilga nisbatan chorva mollari bosh soni kamaygan, buni ijobiy baholab bo‘lmaydi. Kamayish sababi, asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan mahsuldor hayvonlarning sotilganligi bilan izohlanadi. O‘stirishdagi hayvonlar (1 yoshdan katta qochirilmagan buzoqlar va buzoqlar) bosh soni 2016 yilda 40 boshni yoki 8,8 % ni, 2017 yilda 48 boshni yoki 13,0 % ni tashkil etgan. Bu olingan buzoqlar va mahsuldor hayvonlar sonining oshganligini bildiradi, ushbu ko‘rsatkichni ijobiy baholash mumkin. Faqat mahsuldor hayvonlar sonining oshishini xo‘jalikda ekstensiv usul bilan mahsulot (sut) hajmining oshishi sifatida qarash mumkin. Xo‘jalikda mahsulot (sut) hajmining ko‘payishtirishda intensiv usulga, ya’ni mahsuldorlikni oshirish va uni hisobda o‘z vaqtida aks ettirishga katta e’tibor qaratish lozim. Auditorlar ushbu masalani ham batafsil o‘rganib chiqishi talab etiladi. «Azizjon» fermer xo‘jaligida 2017 yilda 2016 yilga nisbatan sog‘ib olingan yalpi sut miqdori 1577 sentnerga kamaygan (5-jadval). 5-jadval Qibray tumani «Azizjon» fermer xo‘jaligida sog‘ib olingan yalpi sut miqdorining omilli tahlili5-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligida sog‘ib olingan yalpi sut miqdorining 1577 sentnerga kamayishiga ikkita omil ta’sir ko‘rsatgan. Birinchi omil, sigirlar bosh sonining 2016 yilga nisbatan 87 boshga kamayishi, yalpi sut miqdorining 3071 sentnerga kamayishiga sabab bo‘lgan. Ikkinchi omil, mahsuldorlik ko‘rsatkichi bo‘lib, uning 2016 yilga nisbatan 4,6 sentnerga ko‘payishi, yalpi mahsulotning 1514 sentnerga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan, buni ijobiy baholash lozim. O‘stirishdagi hayvonlarni tekshirishda 14-son «Auditorlik tanlash» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS) [12] qoidalariga muvofiq tanlov usulida tashkil etish va amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda o‘rganilayotgan operatsiyalar majmuini ma’lum bir belgilar bo‘yicha, misol uchun o‘stirishdagi hayvonlar turlari, guruhlari bo‘yicha saqlash joylari (fermalar) bo‘yicha, aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar tavsifi (guruhdan-guruhga o‘tkazish, korxona va aholidan xarid qilish, qo‘shilgan vazn, sotish, so‘yish, harom o‘lish va shu kabilarni aks ettirish) bo‘yicha bir necha tekshiriladigan quyi majmualarga bo‘laklash (stratifikatsiya qilinishi) tavsiya etiladi. Xulosa va takliflarXulosa qilib aytganda, o‘stirishdagi hayvonlar auditida auditor tomonidan quyidagi ob’ektlar yoppasiga tekshirilishi lozim: o‘stirishdagi hayvonlarni hisobga olish bo‘yicha sezilarli darajada katta summadagi amalga oshirilgan operatsiyalar; «risk», «tavakkalchilikka moyil» operatsiyalar (o‘stirishdagi hayvonlarni lizing bo‘yicha, almashish shartnomasi bo‘yicha olish); boshqa g‘ayriodatiy yoki shubhali operatsiyalar (masalan, o‘stirishdagi hayvonlar harom o‘lishi). O‘stirishdagi hayvonlarning mavjudligi, kirimi, guruhdan-guruhga o‘tkazilganligi, chiqimi hisobda o‘z vaqtida aks ettirilganligi auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturiga muvofiq batafsil tekshirilishi zarur. Tekshirilayotgan davr oxiriga buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilgan o‘stirishdagi hayvonlarning haqiqatda mavjudligini bosh soni, og‘irligi va qiymati bo‘yicha tasdiqlash maqsadida o‘stirishdagi hayvonlar inventarizatsiya qilinishi tavsiya etiladi. Inventarizatsiya o‘stirishdagi hayvonlarning alohida turlari va jinsi hamda yosh guruhlari bo‘yicha yoppasiga yoki tanlama usulda o‘tkazilishi lozim. Auditorlik tekshiruvi paytida inventarizatsiya o‘tkazish vaqti hisobot sanasi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu holatda hisobot sanasiga (31 dekabrga) 1110-«O‘stirishdagi hayvonlar» schoti bo‘yicha qoldiqning mos kelishini tasdiqlash uchun inventarizatsiya o‘tkazilgan davrdan hisobot sanasigacha bo‘lgan davrga aylanma qaydnoma tuzishni nazarda tutuvchi «teskari hisob-kitob» usulini amalga oshirish tavsiya qilinadi. O‘stirishdagi hayvonlarning soni va massasida farqlar mavjud bo‘lgan hollarda ularning sabablari aniqlanishi lozim. Shu bilan birga, tekshirilayotgan davr oxiriga korxonaning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilgan o‘stirishdagi hayvonlarga nisbatan mulkiy huquqlarni tekshirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu maqsadda ushbu turdagi aktivlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi aniqlashtiriladi: korxonada chorvachilikdan olingan nasl bo‘yicha – o‘stirishdagi hayvonlarni guruhdan-guruhga o‘tkazish dalolatnomalari; xarid qilingan o‘stirishdagi hayvonlar bo‘yicha – oldi-sotdi, almashish va boshqa shartnomalar. Shuningdek, auditor o‘stirishdagi hayvonlarga nisbatan huquqlarning muhim cheklovlari (garov shartnomasi bo‘yicha, kreditorlar bo‘yicha majburiyatlar va shu kabilar bo‘yicha) mavjudligini ham aniqlashi zarur. Agar ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lsa, auditor ushbu ma’lumotlar moliyaviy hisobotning tushuntirish qismida aks ettirilganligini aniqlashi shart. Bunday ma’lumotlarni yashirish hisobot ma’lumotlarini jiddiy ravishda buzib ko‘rsatish deb tavsiflanishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlarSh.Mirziyoev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –Toshkent, 22.12.2017. Alborov R.A., Konsevaya S.M. Audit biznesa: uchebnoe posobie. –Ijevsk. FGBOU VO. Ijevskaya GSXA, 2016. –S. 62-72. Alborov R.A. Audit v organizatsiyax promыshlennosti, torgovli i APK: uchebnoe posobie. –Ijevsk: FGBOU VO. Ijevskaya GSXA, 2016. –S. 141-142. Zyuzin Yu.I. Osobennosti metodiki audita biologicheskix aktivov v selskoxozyaystvennыx organizatsiyax. –M.:Finansы i statistika, 2007. –S. 38-45. Dusmuratov R.D. Audit asoslari. –T.: «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi», 2003. - 467 b. 50-son “Auditorlik dalillari” nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti.–Toshkent, 2002. (№48, 3.04.2002) 3-son «Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti. –Toshkent, 1999. (№837, 10.11.1999) 9-son «Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti. –Toshkent, 1999. (№813, 3.09.1999) 31-son «Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishuv» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti. –Toshkent, 2001. (№1043, 21.06.2001) 19-son «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti. –Toshkent, 1999. R.D.Dusmuratov. Fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash bo‘yicha tavsiyanoma. -Toshkent. TURON-MATBAA, 2015. 24 bet. 14-son «Auditorlik tanlash» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti. –Toshkent, 1999. (№815, 3.09.1999) 4/2018 Download 259.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling