Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet12/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 18
rohatlandim. Shunday rohatlandim, shunday rohatlandim! Tani jonim yayradi! Savob ish
qilganday bo‘ldim!
Endigi uloq vaxshivorlik Yo‘ldosh chavandozda bo‘ldi. Yo‘ldosh uloqni chilvirsiz, halol olib
ketdi.
Yo‘ldosh chavandozga ziyon bermadim, oshiga sherik bo‘lmadim.
Tag‘in to‘da chetiga borib turdim. Ostimdagi ko‘k saman og‘irligini orqa oyoqlariga soldi.
Ketiga xiyol chayqalib turdi.
Endi Jiyron otli bir boysunlik uloqni olib jo‘nadi.
Men darrov ko‘k samanni yonidan qo‘shdim. Uloqqa ushlashdim. Basma-bas ushlashdim.
Tengma-teng ushlashdim.
Bechora chavandoz chap berib, chap berib, ko‘p chopdi.
— Qo‘yib yubor, haqning yarmini beraman, — deya shivirladi.
O‘zimni eshitmaslikka oldim, uloqni ushlab chopdim.
Boysunlik alamidan yomon-yomon o‘qraydi, yomon-yomon chaqchaydi. Burab-burab
so‘kdi. Oxiri uloqni tashlab yubordi.
Ishqilib, boysunliklarga uloq bermadim. Boysunlik chavandozlar uloq ololmadi.
Bakovul barini ko‘rib turdi, barini bilib turdi. Ana endi... ana endi, qitmirning borib
turgan qitmiri qiladigan ishni qildi: uloqni to‘dadan chetga olib jo‘nadi. So‘raganlarga:
Butlari shalvirab qolibdi, — deya javob berdi.
Chavandozlar bakovul yo‘liga qarab turdi. Bakovul to‘daga yangi uloq so‘yib keladi, deya
umid qildi.
Xiyol o‘tdi, bakovul qaytib keldi. Uloqni to‘daga olib kelib tashladi.
Uloqni ko‘rib, yoqalarimni ushladim. Yo, tavba, yo, tavba! O‘sha-o‘sha uloq. Lekin bo‘yni
yo‘q! Butlari yo‘q! Haligina bor edi, bakovul qirqib tashlabdi! Bunday uloqni yerdan
ko‘tarib bo‘lmaydi! Boisi, ushlaydigan yeri yo‘q! Junidan ushlab ko‘tarayin desa, juni
yulinib ketadi!
Shunday bo‘lsa-da, chavandozlar noumid shayton deya, uloqqa talpindi. Ammo yerdan
uzib ololmadi.
Bakovul ko‘nglidagiday bo‘ldi! Ana endi bakovul ko‘pkarining oxirini aytdi:
— Eshitmadim demanglar, olgan-olgani! Olgan-olganiga shu uloqning o‘zi, bir kilo yog‘,
bir kilo guruch, sabzisi bor! Ol!
Bunday uloqni yerdan uzib olishning bir yo‘li bor. Lekin juda-juda qiyin...
Baxtash tavakkal! O‘zimizning Tarlonni minib oldim. Uzangi yo‘ldoshlarimga, bot-bot
tayinladim. O‘zim uloqqa qarab yurdim. Uzaldim, uzaldim... tag‘in uzaldim... uloq junini
eti bilan qo‘shib ushladim, g‘ijimlab ushladim. Bor kuchim bilan siltab ko‘tardim, egar
qoshiga o‘ngarib oldim! Ko‘kragim ostiga bosdim, bilaklarim bilan bosdim!
Ko‘z ilashmay qoldi!
Qolgan ish, Tarlon ishi bo‘ldi! Tarlon tulkiday chopdi!
Ko‘pkari oxiri menda ketdi. Men zafar qozondim!
Birodarlar, o‘zbek eli o‘r keladi, o‘zi o‘jar, zo‘r keladi!
25
Rixsiyev qishloqqa ko‘chib keldi.
Birov urilib keldi dedi, birov shahardan bezor bo‘lib keldi, dedi. Urilib keldimi, surilib
keldimi, ishqilib keldi. Maktabda muallim bo‘ldi.
Bizdan ikki hovli narida ota meros ko‘hna hovlisi bor edi. Ana shu hovlida yashadi. Qish
bo‘lsada, hashar qildi, hovlisini sozladi.
Bir kuni meni-da hasharga aytdi. O‘lmayinning kunidan bordim. Hamsoyachilik, qosh
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling