Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 26
— Menda ot nima qiladi, katta. Ana, qarangizlar. Bo‘lsa olib keta beringizlar. Kal katta barmoqlarini o‘ynatib, militsionerlarga imo qildi. — Tintinglar! — dedi. Militsioner bilakday xitoyi fonarlarini yoqdi. Molxona, otxonalarni qarab keldi. — O‘zi yo‘q, tezagi bor ekan, — dedi. Kal katta menga yuzlandi. — Ana, tezagi bor deyapti-yu? — dedi. — Men sizga aytsam, katta, eshikli uy, mehmonlarning oti tezak tashlagandir-da. Tashlama deb bo‘lmaydi, mehmon ot. — Familiyang nima? Xo‘-o‘sh, Qurbonov, ta-a-ak, Qurbonov Ziyodulla. Mana, ro‘yxatda turibsan, oting bor. Gap shu, ertaga yana kelamiz. Otni topsang topding, topmasang, o‘z o‘pkang o‘zing bilan bo‘lsin! Kal katta darvozaga qarab yurdi. Ketidan militsionerlar shaxdam odimlar otib jo‘nadi. Raisimiz kattalar ketidan pildirab ergashdi. Shunda, ichkaridan onamiz chiqib keldi. — Ayt, ulgu berib ketsin, — dedi. Kattalarga darvoza ostonasida yetib oldim. — Katta, uyda chaqalog‘imiz bor, otini Ibrohimboy deydilar. Kal katta yelkasi bilan gapirdi: — Nima qilay shunga? — Chaqaloqli uyga bemahalda kelib bo‘lmaydi. Mabodo birov bilmasdan kelib qolsa, undan ulgu olib qolish lozim. — Qayerdan olasan? — Bizga baribir. O‘ngiringizning uchidan maydagina bir ip bo‘lsa-da mayli. Ayollar chaqaloqli uyda ipni isiriqqa qo‘shib tutatadilar. — Endi, shungayam etagimni yirtaymi? — Yo‘q, yirtish darkor emas, katta. Kiyimingizga ilashgan biron-bir qil bo‘lsa-da bo‘ladi. Kal katta qo‘l siltadi. Yo‘liga burilib ketdi. Men qaytib keldim. — Ulgu bermadi, — dedim. Onamiz qarg‘ab-qarg‘ab ichkariladi. Taypoq toboqda isiriq tutatdi. Chaqaloqli uyni uch aylantirdi. Ziyon-zahmatlarni quvdi. 34 Kattalar xo‘jako‘rsinga lalmi do‘q urib ketdi, deb o‘yladim. Yo‘q, ertasi kuni tag‘in keldi. Iskalanib-iskalanib otxonani qaradi, chaqaloqli uyni qaradi. Kattalar qilig‘i hamiyatimga tegdi. Tishimni tishimga zo‘rg‘a bosib turdim. — Xo‘sh, qani? — dedi kal katta. — Nima qani? — Ot! — Ot? Katta, siz menga qaysi bozordan ot olib berib edingiz? Denovning bozoridanmi, yo, Sho‘rchining bozoridanmi? — Tishingni ko‘p g‘ijirlatma, biz sendan qo‘rqmaymiz! Yaxshilikcha otni chiqar! qo‘sha qo‘sha mol, qo‘y, tovuq, ot... buncha hayvonni nima qilasan? Ana, magazinda hamma narsa muhayyo. Go‘sht deysanmi, sut, kefir deysanmi... — Katta... — Nima, yo, kapitalist bo‘lmoqchimisan? Kechirib qo‘yasan! Biz sotsialistik jamiyatda Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling