Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet22/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 28
Men oldiga tushdim. Tor yo‘lakdan hovliga chiqdim. Keyin yana bir xonaga kirdim.
Xona to‘rida baqaloqli bir odam o‘tiribdi. O‘tirishidan katta odam ko‘rindi. Yelkasidagi
yulduzlari-da katta-katta bo‘ldi.
Kal katta qo‘li bilan meni ko‘rsatdi.
— Mana bandit! — dedi.
To‘rdagi katta vazmin ovozda so‘radi:
— Nega rahbarlarni urasiz, o‘rtoq Qurbonov?
Men bor gapni qo‘shib-chatmay aytib berdim. To‘rdagi katta endi nima deysiz, degan
bo‘lib, kal kattaga qaradi. Kal katta o‘rnidan turib ketdi.
— Yolg‘on! U o‘zini oqlayapti! Biz rahbarlarga ishonasizmi, yo, mana shunga o‘xshagan
podachiga ishonasizmi?
— Albatta rahbarlarga ishonaman. Rahbarlar yolg‘on gapirmaydi.
— Bo‘pti-da!
O‘pkam to‘lib-to‘lib keldi. Dimog‘imda ming‘irladim:
Katta bova, meni melisalaringiz urdi...
— Nima-nima? Urdi?
— Eshik oldida urdi. Hushdan ketib qoldim....
— Unday bo‘lishi mumkin emas, hozir chaqiramiz.
Ostonada ichimga urgan militsioner qora berdi. Qo‘lini chekkasiga tekkizib g‘o‘daydi.
— Buyrug‘ingizga binoan keldim, o‘rtoq polkovnik! — dedi.
— Leytenant Ismatov, ayting-chi, nega bu kishini urdingiz?
— Kimni? Qo‘limniyam tekkizganim yo‘q, o‘rtoq polkovnik!
— Urdi deyapti-ku.
— Sof leytenantlik so‘zim, qo‘l ko‘targanim yo‘q! Ana, serjant Xalilov ham bor, chaqirib
so‘rashingiz mumkin.
O‘ng qo‘limni qornimga qo‘yib ko‘rsatdim.
— Manavi yerimga urdi... — dedim.
Shunda kal katta gapga suqildi.
— Qo‘liniyam tekkizgani yo‘q, o‘zim ustida edim! — dedi.
To‘rdagi katta menga yuzlandi.
— Ana, eshitdingizmi, o‘rtoq Qurbonov? — dedi. — Biz urmaymiz! Sovet militsiyasi
urmaydi!
35
Badbo‘y hujrada yotdim.
Hujrada kun-da bir bo‘ldi, tun-da bir bo‘ldi.
Bir mahal temir darvoza sharaqlab ochilib, sharaqlab yopildi.
Birov ichkariladi.
— Kal, qayerdasan? — dedi.
Ichimga urmish militsioner ovozini darrov tanidim.
Joyimdan turdim. Darvoza taraf yurdim.
Militsioner yoqamdan bir qo‘llab ushladi. Bir-ikki silkiladi.
— Nimaga meni boshliqqa sotding? — dedi.
— Sotmadim, birodar, bor-yo‘g‘i urganingizni aytdim, — dedim.
— Urdim? Qachon urdim?
Militsioner chotlarim oralatib tepdi.
— Men urdimmi?
Militsioner sozlab tepdi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling