Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet30/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 36
47
Ko‘pkari ekinsiz qisirpoyada bo‘ldi.
Men Tarlonni qizitdim. Qisirpoyani aylantirib chopdim. Tarlon xiyol o‘zgardi. Boshini tik
tutdi, dirk-dirk o‘ynadi. Suvlig‘ini shiqirlatib-shiqirlatib chaynadi. Tarlon to‘daga talpindi,
Tarlon meni uloqqa chorladi!
Ayni qishning ilk ko‘pkarisi-da, ot mo‘l yig‘ildi.
Demak, ko‘pkari yaxshi bo‘ladi. Boisi, oz otli ko‘pkarida yerdan uloq olish mushkul
bo‘ladi. Sababi, bari ot o‘zini zo‘r deb biladi. Oqibat, yoppasiga uloqqa yopishadi.
Talashib-tortishadi. Uloqni na o‘zi oladi, na birovga beradi. Bir-biriga xalaqit beradi, birbiriga
ziyon beradi. talashib yota beradi.
Ot mo‘l bo‘lsa, aksincha bo‘ladi. Bunda zo‘rlar zo‘ri, otlar oti uloqqa talpinadi. Bundayroq
otlar to‘da chetida tomoshago‘y bo‘ladi. Bordi-yu, uloqqa intilsa, to‘dadagi o‘zr otlar yo‘l
bermaydi, ketiga surib yuboradi.
Shu boisdan mo‘l otli ko‘pkarida to‘dadan uloq olib chiqish oson bo‘ladi.
48
Uloq keldi.
Tarlonni gijinglatib-gijinglatib bordim. Uloqni iskatib-iskatib oldim. Uloq butidan ko‘taribko‘
tarib ko‘rdim. Uloq bir tana bo‘ldi. Ellik-oltmish kilolar keldi. Uloq jiqqa ho‘l bo‘ldi.
Boisi, kechasi bilan suvga pishib qo‘yilgan bo‘ldi. Buning nafi — uloq zilday og‘ir bo‘ldi.
Ana endi torta-tortda uloq terisi ayrilmaydi, bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ketmaydi. Bo‘lmasa,
torta-torta uloq butun qoladi- mi?
Bakovul zotlarni aytdi:
— Bir juft kalish, o‘n so‘m puli bor! Ol!
To‘da uloqqa talpindi. Uloqni bir jiyron olib chiqib ketdi.
Keyingi zot qo‘yildi:
— Bunisida bir qo‘y, bir to‘n, o‘n so‘m puli bor! Zot kattardi, armonda qolma!
Tarlonni uloqqa soldim. Tarlon pishqirib-pishqirib qimtinadi. Uloqqa men o‘ylagan, men
xohlagandan-da vaqtliroq, osonroq bordi. Odaticha uloqni bir aylandi. Uloq boshida oyoq
ildi.
Bir chavandoz Tarlon o‘ktamligidan g‘ashlandi. Tarlon sag‘risiga qamchi urdi.
Tarlon bir seskandi. Lekin joyidan qimirlamadi. Ikki ko‘zi uloqda bo‘ldi.
Men uloqqa teskari yoqdagi tovonimni uzangidan olmay, egar korsoniga ildirdim. Uloq
taraf uzangidagi oyog‘imni bukdim. Tizzamni Tarlon biqiniga bosdim.
Tarlon menga kift berdi, kift!
Men enkaydim, uloqni bir qo‘llab ushladim. Qomatimni ko‘tarayotib, bukilgan oyog‘imni
uzangiga tik tiradim. Bor qiyinchilik, shu oyog‘imga tushdi. Busiz uloqni ko‘tarib
bo‘lmaydi.
Shunda, bir mug‘ambir ot uloqni tuyoqlari bilan bosib qoldi.
Men tag‘in uloq butidan ushladim. Tag‘in ot tizzasi baravar ko‘tardim.
Tarlon uloqqa qarab-qarab olg‘a yurdi.
Uloqni atayin yerda sudrab bordim. Birdan ko‘tarsam bo‘lmaydi, poylab turganlar
yopishadi.
— Uloq ko‘tarilayapti, uloq ko‘tarilayapti!
Sag‘al ochiqqa keldim. Uloqni dast ko‘tarishga shaylandim.
Uloq Tarlonda ketayapti, Tarlonda!
Uloqni zarb bilan ko‘tarib oldim. Ko‘tarayotganimda Tarlon sozlab bir silkindi. Madad
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling