Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet33/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 39
Xorazm jiydasi oldim. O‘g‘illarimizga xo‘rozqand, qog‘ozida kuchugi bor qand,
teshikkulcha oldim. Barini xaltamga solib, choyxonaga yo‘l oldim.
50
Ostonadan ichkari mo‘raladim.
Choyxona to‘la odam bo‘ldi.
Choyxona havosi dim bo‘ldi. Nafasim qaytib ketdi.
Tashqari so‘rilarda-da odam mo‘l bo‘ldi. Birovlab sanasa yuzlar bo‘ldi.
Xaltamni so‘ri ustuniga suyab qo‘ydim. Bo‘sh joy izladim. Bir odam turib ketdi, joyi
bo‘shab qoldi. Xaltamni oldim. Yaqinimdagi odamga:
— So‘raganlarga bu joy egalik deng, — dedim.
Choy bilan kulcha olib keldim. Ko‘chaning narigi yuzida bir sermo‘ylov odam katta
qozonda baliq qovurdi. Ana shu mo‘ylovdan ikki kilo baliq olib keldim.
Chordona qurib, baliq tushirdim. Baliq serqiltiq bo‘ldi, xo‘p xunob qildi.
Shunda, burchak so‘rida ikkita militsioner paydo bo‘ldi.
Og‘zimdagi og‘zimda, bo‘g‘zimdagi bo‘g‘zimda qoldi. Ko‘nglim aynidi, ishtaham buzildi.
Ko‘rmayin-da, kuymayin-da, dedim. Chappa burilib o‘tirib oldim. Tag‘in, o‘shalar bo‘lsaya,
deya hadiksiradim. Ko‘z qirim bilan qarab-qarab oldim. Yo‘q, ular emas, boshqalar
bo‘ldi.
51
Shu vaqt, bozor darvozasi tarafdan ovozlar keldi.
— Ushla, o‘g‘rini, ushla! — dedi ovozlar.
G‘uj-g‘uj odamlar orasidan bir bola chopib chiqdi. Ketidan bir beqasam choponlik odam
quvib keldi.
Bola ko‘chani kesib chopdi. Yuqoridan kelayotgan qizil mashinaga bel bo‘ldi. Mashina
«shig‘g‘» etib, toyib kelib to‘xtadi. Bola o‘zini yo‘lning berigi betiga otdi. Qop-qora suvli
ariqqa shaloplab tushdi. Loy bo‘lmagan yeri qolmadi.
Quvib kelayotgan odam mashina ketidan o‘tdi. Bolaning loy yoqasidan juftlab ushladi.
Bola tipirchiladi, ammo beqasam choponlik changalidan chiqolmadi. Beqasam choponlik,
bolaning oyoqlariga qo‘shib, qoqib, yerga yumalatdi.
— Pulni chiqar! Qani pul?! — dedi beqasam chopnlik.
— Men emas! — dedi bola.
— Sen! Qo‘lingni kissamda ushladim-ku! Yaxshilikcha chiqar, bo‘lmasa enangni Uchqo‘rg‘
ondan ko‘rsataman!
— Men emas deyapman-ku!
— Unda o‘zim topaman! Tort qo‘lingni! Manavi kissangni ko‘rsat!
Yo‘ldan o‘tkinchi-ketkinchilar oyoq ildi. Choyxonadagilar borib qaradi. Tumonat odam
bo‘ldi.
Men so‘rida tik turib qaradim.
Beqasam choponlik bolaning kissasini kovladi. Qo‘yniga qo‘lini tiqdi. Qo‘ynidan bir dasta
pul oldi. Bolaning tumshug‘iga olib bordi.
— Bu nima, enangning qalinimi? — dedi.
Bola boshini yelkalari ichiga oldi. Yuzini loy kaftlari bilan pana qildi.
Beqasam choponlik bolaning quloq-chakkasiga qulochkashlab soldi. Bola balchiq suvga
shalop etib tushdi.
Beqasam choponlik bolaning yoqasidan juftlab ushladi. Suvning oqishiga qarab sudradi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling