Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 42
oldi. Undan keyin, nima bo‘ldi, deb so‘radi. Men oqizmay-tomizmay aytib turdim. Militsioner yozib bordi. — Hozircha bo‘shsiz, keyinchalik uchastkavoyingiz orqali chaqiramiz! — dedi. Mashina xo‘jasiga uch so‘m uzatdim. U olmadi. — Qulluq, qulluq! — deb ketdi. 53 Choyxonaga qaytib bordim. Bozorlik xaltamni qaradim. Yo‘q. So‘ri ostini qaradim. Yo‘q, bozorlik xaltam yo‘q. Choyxonachidan so‘rab-surishtirdim. — Mabodo, bizning xaltamizga ko‘zingiz tushmadimi? — dedim. — Yo‘g‘-a, ko‘zim tushmadi-ya!— dedi choyxonachi. — Shunga ko‘zim tushmadi-ya! Qanday, beqasam choponlik oshnaginangiz qanday? — Bir balo qilib joylashtirib keldik... — Iya-iya... Choyxonachi angrayib qoldi. Yuzlari bo‘zardi. Qo‘llarini etagiga artdi. Fotiha o‘qimoqchiday, kaftlarini hozirlay boshladi. — Bandachilik qildimi-a, — dedi. — Voy, bechora-ye, voy, bechora-ye... — Yo‘g‘-e, bemorxonaga joylashtirib keldik, deyapman. — E, ha-a, shunday deng... Bozor oralab, boshqatdan bozorlik qildim. Barini belbog‘imga tugib oldim. Tarlonimiz oldiga bordim. Tugunimni egar qoshiga ilib oldim. Darvoza oldida o‘tirgan cholga bir so‘m uzatdim. O‘zimga o‘zim oq fotiha berdim. Otlanib, bozordan qaytdim. Birodarlar, osmondan tushganday bo‘lib qoldim, dunyoni endi ko‘rayotganday bo‘lib qoldim... 54 Vo darig‘o, shunday kunlar-da bo‘ladi! Bosgan qadamimiz ketimizga ketadi. Jamiki ishlarimiz chappasiga yuradi. Omad deganlari salomini-da bermaydi. Og‘zimizdagi oshimizni-da oldirib qo‘yamiz. Birodarlar, nasib etsa, kelar Shom-u Iroqdan, nasib yitsa, ketar qosh-u qaboqdan! Xurram soliqchining ko‘pkarisida shunday bo‘ldi. To‘daga kirolmadim, kirsam, uloqni ololmadim. Bordi-yu olsam, birov yo qo‘limdan yulib ketdi, yo yerga tushib ketdi. Taqimimdagi uloqlarni-da oldirib qo‘ydim. Birodarlar, davlat-da egiz-egiz, mehnat-da egiz-egiz! Tarlon mendan hayron bo‘ldi, men Tarlondan hayron bo‘ldim. Unday qildim bo‘lmadi, bunday qildim, bo‘lmadi. Puf sassiq, deya ketib qolmoqchi bo‘lmadim. Yana tag‘in shaytonga hay berdim. Elan-qaran keldim, endi ketmayin, dedim. Tarlonni qamchilab-qamchilab to‘daga soldim. Otlar g‘ij-g‘ij bo‘ldi. Osmondan telpak tashlasa yerga tushmadi. To‘dani yorib, uloqqa keldim. Uloqqa har alvonda uzaldim. Qo‘lim yetmadi. Yana-da uzalgani, otlar qo‘ymadi. Quyuq changda ko‘rib turdim, bir qo‘l uloqni ushladi. Shunda, Tarlon uloqni o‘ng tuyog‘i bilan tappa bosib qoldi. Tarlon buni ilkisdan qilmadi. Yo‘q, bilib-ko‘rib qildi. Uloqni bergisi kelmadi! Uloqqa havoyilarcha yopisha berish Tarlonimiz joniga tegdi. Tarlon uloqqa tashna bo‘ldi! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling