Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 44
— Ko‘pkari tamom bo‘ldimi? — Yo‘q, hali bo‘layapti. — Unda, boring-da. Men sergak bo‘ldim. Bolaga e’tibor berib qaradim. — Bir nima deganday bo‘ldingizmi, Karimboy? — Suv ichib bo‘ldingiz-ku. — Ha, suv ichib bo‘ldim, Karimboy. Endi nima qil deysiz, Karimboy? — Ko‘pkariga boring. — Borsam degan edim, Karimboy. Bizga haq yo‘q! — Bormasangiz ado bo‘ladi. — Ko‘p qo‘ymadingiz-qo‘ymadingiz-da, Karimboy. Borsam-borayin, sadqayi suxaningiz. Tarlonni yechib, tag‘in otlandim. — Karimboy, sizning so‘zingizdan o‘tolmay qaytayapman. Bo‘lmasa qaytmas edim, — dedim. Qaytishimda tomoshago‘ylarni qoralab yurdim. Tomoshago‘ylarga xo‘mrayib-xo‘mrayib qaradim. — Senlar ham odam bo‘lding-u, ana, haqiqiy odam Karimboy ekan, — deya pichirladim. To‘da chetiga borib turdim. Bakovul menga ajablanib qaradi. Bildim. Bakovul menga qarab-qarab qo‘ydi. Keyin, yonida turgan chavandozga bir nima dedi. — Itga o‘xshab, o‘zi ketib, o‘zi keldi. — Bildim, shunday dedi. Boshqalar-da shunday dedi. Endi, men nima desam ekan? Karimboy qaytardi desam, qaysi Karimboy desalar-a? Shokirqulning ishtoni ho‘l o‘g‘li deymanmi? Ha yo‘g‘-e... surishtirib borayaptimi. Bordi-yu, surishtirsalar, Karim muallim, deyman... Samad chavandoz uzangi yo‘ldoshimga aytdim, barcha-barchaga eshittirib aytdim: — Yo‘lda Karimboy jilovni ushladi! Qayting-chi qayting, deb qo‘ymadi! Odamning yuzi issiq-da, yuzidan o‘tolmadim!.. 55 Otar adirda yoyilib o‘tladi. To‘dalagunimcha kech bo‘ldi. Uyga qosh qorayganda keldim. Uchastka militsionerimiz bir parcha qog‘oz tashlab ketibdi. Ayolimizga qayta-qayta tayinlabdi. — Ertaga soat o‘nda organda bo‘lsin, — debdi. Sherigimiznikiga borib uzrimni aytdim. — Ertaga qo‘yni sen boq, zaril ishim chiqib qoldi, biror kun qaytararman, — dedim. Sahar-mardonda Tarlon bilan shahar jo‘nadim. Eshik oldida o‘tirgan militsionerga qo‘ynimdagi qog‘ozni olib ko‘rsatdim. Militsioner meni eshigi g‘ilofli xonaga kiritib bordi. To‘rda o‘tirgan yigit o‘rnidan turdi. — Keling, keling, — dedi. Men bilan qo‘l berib ko‘rishdi. O‘zini kapitan Ro‘ziyev, dedi. Kapitan katta baxmal pardani tushirib qo‘ydi, ko‘rsatdi. Men kapitan katta ko‘rsatgan joyga o‘tirdim. — Xo‘sh, familiyangiz Qurbonov-a? Nega kechikib yuribsiz, aka? Soat o‘n ikki bo‘ldi-yu? — dedi kapitan katta. — Men sizga aytsam, kapitan katta, Tarlonning oyog‘iga qaradim. — Xo‘sh, Tarloningiz kim? Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling