Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet35/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 41
alangladim. Militsionerlar oldinma-keyin bo‘lib, choyxona yonalab pisib-pisib ketayapti.
Qahr bilan, nafrat bilan so‘ridan tappa tashladim. Beqasam choponlik bilan bo‘zbolalarni
oracha qilayin, dedim. Olomonni qulochlarim bilan yorib, o‘rtaga kirib bordim.
Bir bo‘zbolani bilagidan qo‘shqo‘llab ushladim. Ketiga sermab yubordim. Bir bo‘zbolani
sochlaridan g‘ijimlab ushladim. Sochlaridan chetga tortdim.
— Imoning kuygurlar! Bir mo‘min bandani o‘ldirasanmi! — dedim. Sochlarini g‘ijimlab
turgandim, yulqindi. Bo‘lmadi. Tag‘in yulqindi. Yana bo‘lmadi. Keyin, chotlarim orasiga
o‘xshatib bir tepdi.
Birodarlar, orachiga — olti tayoq!
Esankirab qoldim, dovdirab qoldim. Jon shirin-da! Jon achchig‘ida qo‘lim yuzasi bilan
bo‘zbola ko‘zlarini oralatib bir soldim.
Bo‘zbola chinqirib yubordi.
Shu vaqt, mashina ovozi eshitildi. Katta ko‘chadan bemorxona mashinasi keldi.
Olomon o‘zini chetga oldi. Ko‘cha yuzida to‘p bo‘ldi.
Mashinada o‘tirgan oq kiyimlik odam ko‘zoynagini ustidan qaradi. Sulayib yotgan
beqasam choponlikni ko‘rdi.
— Nima bo‘ldi bunga? — dedi.
Xo‘rligim kelib... yig‘lab yubordim...
— Bechorani qarang... Ular uchov bo‘lsa, bu bechora birov bo‘lsa! — dedim.
— Tushunarli! Dam olish kuni deb, o‘zidan ketib qolmay, kamroq ichsin!
Buni olib keting, birodar, o‘lib qoladi...
— Bizning zakazimiz bor! Boshqa «Skoriy pomosh» chaqiringlar! Ketdik, haydang!
Bemorxona mashinasi shunday oldimdan o‘tib ketdi. Ketidan qarab qoldim. Keyin,
qoniga belanib yotgan beqasam choponlikka qaradim. Qaradim-qaradim...
Birodarlar, o‘pkam to‘lib keldi. To‘lib-to‘lib keldi... Yenglarimga yig‘ladim, choponimning
yoqalariga yig‘ladim, o‘ngirlarimga yig‘ladim...
Olomonga alangladim.
— Ay, birodarlar, bir bechora inson shunday o‘lib keta bersa yaxshimi? Uyida bolabaqrasi
bordir! — dedim.
Birov ovoz berdi:
— Tanishingiz bo‘lsa, olib keting! — dedi.
Shunday ko‘cha yuzida turgan maydagina mashina xo‘jasiga elandim. Bir amallab
ko‘ndirdim.
Beqasam choponlikni yelkasidan sudrab keldim. Quchoqlab ko‘tarib, mashinaga soldim.
Yerda shalvirab qolgan oyoqlarini ichkari oldim. O‘zim qabatida o‘tirdim. Bir qo‘lim bilan
bilagidan ushlab oldim.
Birov endi kelib, shu yerdagilardan so‘radi:
— Nima bo‘ldi-a, nima bo‘ldi? — dedi.
— Zo‘r tomosha bo‘ldi! Uchchalasi bittasini shunaqangi soldi! Paq-paq! Nokdaun!
52
Beqasam choponlikni bemorxonaga olib jo‘nadim.
Bemorxona beqasam choponlikni olmadi. Oppoq kiyimlik bir ayol:
— Bu sudebniy ish! — dedi.
Militsiyaga sim qoqdi.
Bir militsioner kelib, beqasam choponlikni aylantirib ko‘rdi. Suratga tushirdi. Daftar to‘ldirdi.
Keyin, meni so‘roq qildi. Zot-makonimni so‘radi. O‘zimni aytib berdim. Militsioner yozib
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling