Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 40
— Senga kissavurlik qilishni ko‘rsatib qo‘yaman! Yur melisaga! Bola oyoqlarini tiradi, gavdasini orqasiga tashladi. Shu vaqt, olomon orasidan ikkita novcha bo‘zbola sug‘urilib keldi. Ikkovining-da sochlari yelkasida bo‘ldi. Ust-boshlari badanlariga chippa yopishib turdi. Botinkalari tovoni ot tuyog‘iday-ot tuyog‘iday qalin-qalin bo‘ldi. Bo‘zbolalar beqasam choponlik ketidan keldi. Bir bo‘zbola beqasam choponlik tirsagidan ushladi. Beqasam choponlik, bolani qo‘yib yubordi. Ketiga qayrilib qaradi. Shunda, bo‘zbola beqasam choponlik iyagiga qulochkashlab bir urdi. Beqasam choponlik zuvalasi pishiqlardan bo‘ldi. Ketiga gandiraklab-gandiraklab bordi. Ammo yiqilmadi. Olomon haybarakallachi bo‘ldi: — Ur! Sol, tumshug‘iga! — Ur! Musht turganda muomala nima kerak! Beqasam choponlik bir bo‘zbolani qo‘shqo‘llab bir urdi. Bo‘zbola chalpak bo‘lib tushdi. Omon turgan bo‘zbola beqasam choponlik ketidan keldi. Biqiniga sozlab bir tepdi. Beqasam choponlik enkaydi. Biqinini ushlab-ushlab, enkayib qoldi. Olomon haybarakallachi bo‘ldi: — Ur! Kalla qil, kalla! Shunda, maydagina bir qora kuchuk vangillab-vangillab chopib keldi. Keldi-yu, beqasam choponlikni urayotgan bo‘zbola butiga yopishdi. Bo‘zbola kuchukka oyog‘ini sermadi. Kuchuk ketidan sermo‘ylov baliqpaz chopqillab keldi. Kuchugini urishib-urishib, oldiga solib haydab ketdi. Chalpak bo‘lib yiqilgan bo‘zbola joyidan sapchib turdi. Beqasam choponlikni tepa ketdi. Loyga belangani-da qo‘shilib tepdi. Bo‘zbolalar ko‘zlariga qaramay tepdi. Beqasam choponlik yuzlari burishdi. Bir ichini, bir biqinini ushladi. Keyin, yerga cho‘k tushdi. Men olazarak bo‘ldim. Tevarak-atrofimga alangladim. Burchakda o‘tirgan militsionerlarga qaradim. — Ay, anavilarni oracha qilinglar-ay! —dedim. Militsionerlar parvoyi falak bo‘ldi. Beg‘am-beg‘am choy ichdi. Boshlarini sarak-sarak etdi. — Bizga aloqasi yo‘q! — dedi. — Bu yer boshqa birovning uchastkasi! Bizning uchastkamiz vinzavod tarafda! — dedi. Olomon yakun yasadi: — Tamom, nokdaun! Yo‘q, tamom bo‘lmadi. Beqasam choponlik cho‘kkalab o‘tirdi-o‘tirdi-da, birdan sapchib turdi. Biqiniga tepgan bo‘zbola yuziga kalla qildi. Bo‘zbola yuzlarini kaftlari bilan yopdi. Xiyol enkaydi. Barmoqlari orasidan qon sizib chiqdi. Shunda, birovi kaftiga bir qora nima qo‘ydi. Shu qora nima bilan beqasam choponlikning peshonasiga qulochkashlab bir urdi. Beqasam choponlik: — Voh, o‘ldim-a! — deya baqirdi. Peshonasini ushladi. Taltangladi, gandirakladi. Ana yiqilaman, mana yiqilaman dedi. Kalla yegan bo‘zbola turgan joyida sapchib, beqasam choponlikning ko‘kragiga tepdi. Beqasam choponlik bargday uchib tushdi. Qo‘llarini yonlariga yoyib, qimirlamay qoldi. Bo‘zbolalar beqasam choponlikni o‘rtaga olib tepdi. Oyoqlari ostiga olib tepdi. Ko‘zlariga qaramay tepdi. Birodarlar, ezilib ketdim, ich-ichimdan ezilib ketdim! Jonim halqumimga keldi! Alam ham armon bilan burchakka qaradim. Yo‘q, militsioner yo‘q. Tevarak-atrofga Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling