Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja


Download 0.59 Mb.
bet1/13
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174969
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi


Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi
Reja:

  1. Limfa tizimi tanadagi qon aylanish tizimi.

  2. Bosh, bo‘yin, oldingi va orqa oyoqlarning limfa tugunlari.

  3. Qorin va tos bo‘shlig‘i organlari limfa tugunlari

Limfa tizimi tanadagi qon aylanish tizimining qo‘shimchasi bo‘lib, aylanuvchi qon tarkibidan kapillyarlar devoridan to‘qimalarga sizib chiqqan ortiqcha suyuqlikni yig‘ib olish uchun xizmat qiladi.


Limfa kapillyarlari to‘qimalarda berk kengaygan joy shaklida boshlanuvchi naychalardan iborat. To‘qimadan ortiqcha suyuqlikni yig‘ishtirish vazifasini bajaradi. Limfa kapillyarlari ham xuddi qon tomirlari kapillyarlariga o‘xshash, bir qator endoteliy hujayralaridan tuzilgan, lekin bularning ichki naysimon bo‘shlig‘i bir oz kengroq bo‘ladi. Limfa suyuqligi kapillyarlardan tomirlarga o‘tadi.
Limfa tomirlari devorining tuzilishi har xil, umuman vena tomirlarinikiga o‘xshash bo‘ladi. Limfa tomirlari yo‘lida har xil shaklli bir nechta tuguncha bor. Ularning kirish va chiqish yo‘li bo‘lib, kirish yo‘li chiqish yo‘liga qaraganda kichikroq. Limfa tomirlari devorida klapanlar mavjud. Limfa oqishi uni o‘rab turuvchi muskullarning qisqarishi natijasida hosil bo‘lgan bosim ta’sirida ro‘y beradi. Klapanlar limfani orqaga oqishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Limfa yo‘llari. Limfa suyuqligi qon tomirlari bo‘ylab organizmga, to‘qimalarga tarqalib, keyin limfa tomirlariga o‘tadi, so‘ngra butun organizmdan yig‘ilib kelib, yana qon tomirlariga tushadi. Butun tanadan limfa suyuqligi quyidagi ikkita asosiy limfa yo‘li bo‘ylab yig‘iladi.
O‘ng limfa yo‘li - truncus lymphaticus dexter uncha uzun emas, lekin anchagina keng bo‘lib oldingi o‘ng oyoq, bo‘yin va ko‘krak qafasining o‘ng tomonidagi limfa tugunlaridan limfa suyuqligi oladi. U birinchi qovurg‘a ro‘parasida oldingi kovak venaga qo‘shiladi.
Ko‘krak limfa yo‘li - ductus thoracicus butun tananing aѕosiy qismidan limfa suyuqligi to‘playdi. Bu yo‘l bel sisternasidan boshlanadi va ko‘krak aortasining o‘ng qismiga joylashadi. Tananing yuqorigi chap tomonidan, chap oyoqdan limfa yig‘adi. U oldingi kovak venaga quyiladi. Bel sisternasi - cisterna chili har xil shaklda bo‘ladi. U aortaning o‘ng qismida I bel umurtqasi ostida joylashadi. Sisternaning orqa qismiga belning limfa stvoli - truncus lymphaticus lumbalis va ichak limfatik stvoli - truncus lymphatcus intestinalis kelib qo‘shiladi.
Shuningdek, juft traxeal limfa yo‘li ham bo‘lib, u bosh va bo‘yindan limfa suyuqligini yig‘ishtirib, ko‘krak limfa yo‘liga yoki yurakka yaqin kovak venalardan biriga quyiladi.
Xilotoraks ko‘krak bo‘shlig‘iga limfa suyuqligini sizib chiqishi natijasida yuzaga keladi. Bu ko‘krak limfa yo‘lining shikastlanishida (masalan, jarohat, o‘sma yoki jarrohlik amali) ro‘y beradi va suyuqlikni o‘pkalar va plevra orasida to‘planishi sababli respirator distressga olib keladi.
Limfa tugunlari organizmning aniq joylarida to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Limfa tugunlari - lymphanodus zich retikulyar to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, tolador biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan kapsula bilan o‘ralgan. Bu kapsuladan limfa tugunlarining ichki qismiga bir qancha xovon (to‘siq) - trabecula chiqadi, ular oralig‘ida limfa tugunining po‘stloq va mag‘iz moddalari joylashadi. Limfa tugunlariga keluvchi tomirlar kapsulani teshib o‘tib, sinuslarga ochiladi, shu erda limfa oqimi sekinlashadi. Limfa suyuqligiga bir qancha limfa tanachalari qo‘shiladi. Tugunning to‘qimasi po‘stloq va mag‘iz zonalarga bo‘linadi. Po‘stloq tugunning murtak markaziga ega bo‘lib, u immun tizimi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan limfotsitlar ishlab chiqariladi.
Mag‘iz zonasida ko‘plab fagotsitozni amalga oshiruvchi retikulyar hujayralar bo‘ladi.
Limfa suyuqligi tugun to‘qimalari orqali o‘tadi. Barcha limfa suyuqligi kamida bitta limfa tuguni orqali o‘tishi yoki orqaga qaytishi kerak.
Har bir tugun to‘qimaning to‘rsimon qismi ichidan bakteriyalar yoki zarrachalarni tutib qolishi bilan mexanik filtr vazifasini bajaradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling