Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja
-rasm. Suyak qizil iligi: 1 – son suyagining boshchasi; 2 – suyak usti pardasi; 3 – g‘ovak modda; 4 – suyak qizil iligi. Qizil ilik
Download 0.59 Mb.
|
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Timus
- Immun tizim.
81-rasm. Suyak qizil iligi:
1 – son suyagining boshchasi; 2 – suyak usti pardasi; 3 – g‘ovak modda; 4 – suyak qizil iligi. Qizil ilik – medulla osseam rubram – naysimon suyaklar epifizining g‘ovak moddasida, kalta va aralash suyaklarda joylashadi va qon ishlab chiqaruvchi organ hisoblanadi. Timus – thymus yosh hayvonlarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Hayvonlar voyaga etgandan so‘ng sekin-asta quriy boshlaydi. Qari hayvonlarda butunlay yo‘qolib, yog‘ to‘plamiga aylanadi. Bu bez ikki qismdan iborat bo‘lib, biri ko‘krak qafasida, ikkinchisi bo‘yinning pastki tomonida joylashadi. U homilaning oxirida va tug‘ilgandan keyingi dastlabki davrida faol bo‘ladi va T-limfotsitlar ishlab chiqaradi. Tanglay bodomchasi – tonsilla palatina bir qancha limfa tugunchalari yig‘indisidan va shilimshiq bezchalardan iborat bo‘lib, bodomchasimon chuqurcha devorida joylashadi. Ular og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismi atrofida limfoid to‘qimadan tashkil topgan halqani hosil qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan mikroorganizmlardan himoya qiladi. Immun tizim. Organizm bir qator tabiiy himoya tizimiga ega bo‘lib, bularga qonga tushgan bakteriyalarni yutish va qirib tashlash xususiyatiga ega bo‘lgan fagotsitlar, yallig‘lanish reaksiyalari, qonni ivishi natijasida ko‘p qon yo‘qotishni oldini olish yoki jarohatni bitishi kabilar kiradi. Tananing barcha to‘qimalarida tarqalgan fagotsitar tizim yoki retikuloendotelial tizim mavjud. Ushbu fagotsitlar markofaglar (agranulyar leykotsitlar) bo‘lib, qaerda joylashganligi bilan bog‘liq holda har xil nomlanadi, masalan, biriktiruvchi to‘qimada bo‘lsa kallidistiotsitlar deyiladi. Buunday himoya mexanizmining barchasi nospetsifik bo‘lib, javob reaksiyasi ta’sirotdan qat’iy-nazar, masalan jarohat, shikastlanish yoki patogenni kirishiga nisbatan bir xil. Shunga qaramasdan, organizmda aniq patogen uchun spetsifik bo‘lgan murakkab immun tizim ham mavjud. Immun tizimda asosiy hujayra tipi limfotsitlar hisoblanadi va spetsifik (maxsus) immun javobning ikki tipi farqlanadi: gumoral immun javobda antitela yoki B-limfotsitlar tomonidan immunoglobulinlar ishlab chiqariladi. Organizmga aniq antigen (immun tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi yot modda yoki organizmning emirilishi) tushganda B-limfotsitlar tomonidan antitana deb nomlanuvchi mos oqsil ishlab chiqariladi va u antigen bilan qo‘shilib, uni zararsizlantiradi (neytrallaydi); hujayraviy immunitetda T-limfotsitlar ishtirok etib, ular begona hujayralarni (tanaga taalluqli bo‘lmagan hujayra) yoki infeksiya virusi ta’sirida o‘zgargan organizmning har qanday hujayrasini tanib oladi va yo‘q qiladi. Vaksinatsiya faollashtirilmagan yoki zararsiz shakldagi virusli yoki bakterial elementlarni organizmga kiritish yo‘li bilan organizmning immun javob reaksiyasini hosil qilish bo‘lib, aniq patogenga qarshi immunitet hosil bo‘ladi va kasallik yuqishini oldi olinadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling