Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja
Download 0.59 Mb.
|
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bel sisternasi
- Ko‘krak yo‘li
Buyrak limfa tugunlari – lnn.renales – barcha hayvonlarda buyrak darvozasida joylashadi. Buyrakdan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi bel sisternasiga boradi.
Tuxumdon limfa tuguni – ln.ovaricus – mayda, faqat otlarda uchraydi va tuxumdon payida joylashadi. Bachadon limfa tugunlari – lnn.uterine – cho‘chqalarda yaxshi rivojlangan bo‘lib, bachadonning keng payida joylashadi. Qo‘ylar limfa tugunlarining chiziqli o’lchamlarining o’sishi postnatal ontogenezning 3 kunlik davrdan 12 oylik davrigacha jadal o‘sib borishi, 12 oylik davridan 36 oylik davrigacha esa past darajada o‘sib borishi kuzatildi. Qo‘ylarda limfa tugunlarining kattalashishi yangi tug‘ilgan davridan 12 oylikkacha bo‘lgan davrida kuzatiladi. Bunda ham barcha limfa tugunlarida o‘sish koeffitsienti bir xilda kechmasdan ayrim limfa tugunlarida o‘sish koeffitsienti yuqori, ayrimlarida esa bu ko‘rsatkich pastroq hisoblanadi. Limfa tugunlarining o‘sish koeffitsientining eng yuqori ko‘rsatkichi qo‘ylarning 12-18 oylik davriga to‘g‘ri keladi. Qo‘ylar limfa tugunlarining massasining o’sishi bir xilda kechmasdan dastlabki 3 kunlik davridan 6 oylik davrigacha limfa tugunlarining o‘sish koeffitsienti jadal ko‘rsatkichlarda kechadi. Bir yoshdan to uch yoshgacha bo‘lgan qo‘ylarda limfa tugunlarining o‘sish koeffitsienti past ko‘rsatkichlarda bo‘lishi aniqlandi. (F.Narziyev., BMI 2017.) Limfa tomirlariBel sisternasi – cisterna chyli – qoramollarda uzunchoq oval xalta shaklida bo‘lib, uzunligi 11 – 18 sm, eni 1,5 – 2,2 sm bo‘ladi va aortadan yuqorida oxirgi ikkita ko‘krak umurtqalari va dastlabki ikkita bel umurtqalari ostida joylashadi. Unda 2 – 5 ta klapanlar mavjud. Sisternaga orqa tomondan 3 ta: bel, ichak va qorin limfa yo‘llari quyiladi. Bel limfa yo‘li – truncus lymphaticus lumbalis – 0,8 – 12 sm qalinlikda bo‘lib, orqa kovak vena va aortadan pastda joylashadi, chotning chuqur va dumg‘azaning barcha tugunlaridan chiquvchi tomirlarni qabul qiladi. Ichak limfa yo‘li – truncus lymphaticus intestinalis – 0,75 – 1 cm qalinlikda bo‘lib, ichak pardasi va oshqozon tugunlaridan chiquvchi limfa tomirlaridan shakllanadi. Qorin limfa yo‘li – truncus lymphaticus coeliacus –sisternaga old tomondan quyiladi. Ko‘krak yo‘li – ductus thoracicus – bel sisternasidan boshlanadi, aortadan o‘ngroqda yuqori tomonda joylashadi. U o‘ng – postkardial va chap – prekardial qismlarga bo‘linadi. 5 – 6-ko‘krak umurtqalari sohasida ko‘krak yo‘li S-simon qayrilma qilib, u qizilo‘ngach va kekirdakdan chapda va chap o‘mrov osti arteriyasi tarmog‘idan o‘ngda joylashadi. Oldingi kovak venaga quyilishdan oldin ko‘krak yo‘li ampulasimon kengaytma – ampula ducti thoracici hosil qiladi. Ushbu kengaygan joyda 8 – 11 ta klapanlar bo‘ladi. (79-rasm). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling