Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja


Chovning chuqur limfa tuguni


Download 0.59 Mb.
bet5/13
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi

Chovning chuqur limfa tuguniln.inguinalis profundus – qoramollarda 3,5 – 9,5 sm, cho‘chqalarda 1 – 3 sm, otlarda 8 – 12 sm uzunlikda bo‘lib, itlarda mavjud emas. Son va sonning chuqur arteriyasi o‘rtasida son kanalida joylashadi. Orqa oyoqning suyaklari, muskullari, terisidan, qorin devoridan va siydik-jinsiy organlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramol va otlarda yonboshning medial tuguniga, cho‘chqalarda bel sisternasiga boradi.
Ko‘krak devori va ko‘krak bo‘shlig‘i organlarida quyidagi limfa tugunlari tafovut qilinadi.
Qovurg‘alararo limfa tugunlarilnn.intercostalis – qoramollarda 0,3 – 1,5 sm, otlarda 0,3 – 0,6 sm, itlarda 0,2 – 0,7 sm uzunlikda, cho‘chqalarda mavjud emas. Ular qovurg‘alar boshining yonida qovurg‘alararo bo‘shliqda joylashadi. Ko‘krak qafasining suyaklari, muskullari, elka, plevra va diafragmadan limfa yig‘ishtiradi.
Limfa oqimi qoramol, ot va itlarda dorsal oraliq tugunlari va ko‘krak yo‘liga boradi.
To‘sh limfa tuguniln.sternalis – qoramollarda 1,5 2,5 sm uzunlikda bo‘lib, cho‘chqa va itlarda ham mavjud. Oldingi to‘sh tuguni to‘shda birinchi qovurg‘ada, orqa to‘sh tuguni qilichsimon o‘simtada joylashadi. Ko‘krak qafasi muskullaridan, diafragma, yurak ko‘ylakchasi, o‘pka, pastki oraliq tugunlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramol, cho‘chqa va itlarda oldingi to‘sh tuguni va ko‘krak yo‘liga boradi.
Yuqorigi oraliq limfa tugunlarilnn.mediastinales dorsales – qoramollarda 1 – 3,5 sm, cho‘chqalarda 0,2 – 0,4 sm, otlarda 0,3 – 0,5 sm uzunlikda bo‘lib, itlarda bo‘lmaydi. Ular ko‘krak umurtqalari va aorta o‘rtasida joylashadi. Ko‘krak devori muskullari, o‘pka va uning oralig‘idan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramol, cho‘chqa va otlarda ko‘krak yo‘liga boradi.
Pastki oraliq limfa tugunlarilnn.mediastinales ventrales – qoramollarda 1 – 3 sm uzunlikda bo‘lib, boshqa hayvonlarda mavjud emas. Diafragma va yurak kuylakchasi o‘rtasida oraliqda joylashadi. Plevra, yurak kuylakchasi va diafragmadan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi to‘shning oldingi tuguniga boradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling