Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja


Birinchi qovurg‘aning qo‘ltiq osti limfa tuguni


Download 0.59 Mb.
bet4/13
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi

Birinchi qovurg‘aning qo‘ltiq osti limfa tuguniln.axillaris costae primae – qoramollarda 1,5 sm, cho‘chqalarda 2,0 – 3,5 sm uzunlikda, otlarda bo‘yinning chuqur tuguni bilan qo‘shilgan bo‘ladi, itlarda esa mavjud emas. Bu limfa tuguni birinchi qovurg‘aning ro‘parasida elka bo‘g‘imi bilan ko‘krakning chuqur muskullari orasida joylashadi. Bo‘yin, ko‘krak qafasi va oldingi oyoq muskularidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramollarda o‘ngdan kekirdak yo‘liga, chapdan ko‘krak yo‘liga, cho‘chqalarda kekirdak limfa yo‘liga boradi.
Tirsak limfa tuguniln.cubitalis – uzunligi 4 – 5 sm bo‘lib, faqat otlarda uchraydi va tirsak bo‘g‘imidan medial tomonda joylashadi. Oldingi oyoqning bo‘g‘imlari, muskullari va suyaklaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa qo‘ltiq osti limfa tuguniga oqadi.
Orqa oyoqda quyidagi limfa tugunlari joylashadi:
Tizza osti limfa tuguniln.popliteus – qoramollarda 3 – 4,5 sm, cho‘chqalarda 0,5 – 2 sm, otlarda 3 – 5 sm, itlarda 5 sm uzunlikda bo‘lib, boldir muskulning boshchasida joylashadi. Boldir va distal bo‘limning suyak, bo‘g‘im, pay, muskul va terisidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramollarda chotning chuqur, dumg‘azaning lateral tugunlariga, cho‘chqalarda yonboshning medial, chotning chuqur va dumg‘azaning lateral tugunlariga, otlarda chotning chuqur tuguniga, itlarda yonboshning medial tuguniga boradi.
Tizza usti limfa tuguniln.subiliacus – qoramollarda 6 – 11 sm, cho‘chqalarda 5,5 sm, otlarda 6 – 10 sm uzunlikda bo‘lib, itlarda mavjud emas. Bu limfa tuguni teri ostida sonning keng fassiyasini taranglovchisi ostida joylashadi. Qorin va ko‘krak devori, tos, son, boldir terisidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramollarda chotning chuqur tuguniga, cho‘chqa va otlarda yonboshning lateral va medial tugunlariga ro‘y beradi.
Chovning yuza limfa tuguniln. inguinales superficiales – buqalarda 3 – 6 sm bo‘lib, jinsiy a’zoning old yonida va urug‘don tizimchasining orqasida joylashadi. Urug‘don xaltasi, preputsiya, jinsiy a’zo, son va boldir terisidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi buqa va ayg‘irlarda chotning chuqur tuguniga boradi.
Urg‘ochi hayvonlarda bu elin usti limfa tuguniln.suprauberalis deb yuritiladi. U sigirlarda 6 – 10 sm, cho‘chqalarda 5 – 7 sm, biyalarda 10 – 14 sm, itlarda 1 – 2 sm uzunlikda bo‘lib, sigir, cho‘chqa va biyalarda elin asosining ustida, itlarda qov suyagining oldida joylashadi. Sut bezidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi chotning chuqur va yonboshning medial tugunlariga boradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling