Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja


Download 0.59 Mb.
bet8/13
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174969
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi

Dumg‘aza limfa tugunlarilnn. sacrales – qoramollarda 0,4 – 4,5 sm, otlarda 0,2 – 0,5 sm uzunlikda bo‘lib, itlarda ko‘pincha mavjud emas. Bular lateral va medial guruhlarga bo‘linadi. Lateral limfa tugunlari dumg‘aza-o‘tirg‘ich payida katta quymich arig‘i yonida, medial limfa tugunlari esa dumg‘aza-quymich payining yuqorigi uchi ostida joylashadi. Lateral guruhi tos bo‘shlig‘i devoridan, medial guruhi siydik-jinsiy organlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa hamma hayvonlarda tos tuguniga oqadi.
Quymich limfa tugunlarilnn.ischiadicus – faqat qoramollarda uchraydi va uzunligi 2,5 – 3,5 sm ni tashkil etadi. Tashqi tomondan dumg‘aza-quymich payida kichik quymich arig‘ida joylashadi. Tos, tos-son bo‘g‘imi, to‘g‘ri ichak, siydik-jinsiy organlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi tos tugunlariga ro‘y beradi.
Qorin va tos bo‘shlig‘i organlari limfa tugunlari
Qorin limfa tugunlarilnn.coeliaci – qoramollarda 1 – 2 sm, cho‘chqalarda 0,3 – 0,8 sm, otlarda 0,2 – 2,5 sm, itlarda 0,4 – 0,9 sm uzunlikda bo‘lib, qorin arteriyasi ildizida joylashadi. Diafragma, qorin, buyrak usti bezi, jigar, taloq, oshqozon va charvi tugunlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qorin yo‘li orqali bel sisternasiga boradi.
Oshqozon limfa tugunlarilnn.gastrici – qoramollarda 0,5 – 4 sm uzunlikda bo‘lib, katta qorinda o‘ng va chap tugunlarga bo‘linadi, to‘r qorin va qatqorinda 3 – 4 tadan, shirdonda dorsal va ventral limfa tugunlari mavjud. Bu limfa tugunlari cho‘chqalarda yakka yoki guruh holida uchraydi, otlarda 15 – 35 tagacha bo‘lib, itlarda ular mavjud emas. Qoramollarda katta qorin, to‘r qorin, qatqorin, shirdon, taloq, o‘n ikki barmoq ichaklardan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi bel sisternasiga boradi.
Jigar limfa tugunlarilnn.hepatici – qoramollarda 1 – 7 sm, otlarda 0,4 – 9 sm, itlarda 0,2 – 3 sm uzunlikda bo‘lib, jigar darvozasida joylashadi. Jigar, oshqozon osti bezi, o‘n ikki barmoq ichak va shirdon limfa tugunlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa barcha hayvonlarda ichak yo‘liga oqadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling