Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja


Download 0.59 Mb.
bet7/13
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi

79-rasm. 1-o‘pka oralig‘idagi oldingi tugun, 2-bo‘yin, 3-qovurg‘a tuguni, 4ko‘krak bo‘shlig‘iga kirishdagi limfa tuguni, 5-to‘shning oldingi tuguni, 6to‘shning yuqorigi tuguni, 7-o‘pka aro yuqorigi tuguni, 8-o‘pkaaro orqa tugun, 9-o‘pkaaro yon tugun, 10-chap va
bronxial yuqorigi tugun.
Qorin va tos bo‘shlig‘i devorida quyidagi limfa tugunlari bo‘ladi.
Bel limfa tugunlari – lnn.lumbales – qoramollarda 0,5 – 5 sm, cho‘chqalarda 0,3 – 0,5 sm, otlarda 0,3 – 3,5 sm, itlarda 0,2 – 0,4 sm uzunlikda bo‘ladi. Chap tomondan aorta yuqorisida, o‘ngdan keyingi kovak vena yuqorisida, ayrim hollarda umurtqalararo teshikda joylashadi. Orqa va bel muskullari, qorin devori, buyrak va buyrak usti bezidan limfa yig‘ishtiradi. Barcha hayvonlarda limfa bel sisternasiga oqadi. (56-rasm)
Yonboshning medial limfa tugunlarilnn.iliaci mediales – qoramollarda 0,5 – 5 sm, cho‘chqalarda 0,5 – 2 sm, otlarda 0,2 – 5,5 sm, itlarda 0,5 – 6 sm uzunlikda bo‘lib, yonboshning chuqur aylana arteriyasi ildizi oldida yotadi. Bel, tos, son, siydik-jinsiy organlar, tizza usti, yonboshning lateral, chotning chuqur, tos va dumg‘aza limfa tugunlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa qoramol va otlarda bel yo‘liga, cho‘chqa va itlarda bel sisternasiga oqadi.
Yonboshning lateral limfa tugunlarilnn.iliaci laterals - qoramollarda 1 – 2,5 sm, cho‘chqalarda 0,3 – 0,8 sm, otlarda 0,2 – 3,5 sm uzunlikda bo‘lib, itlarda mavjud emas. Yonboshning chuqur aylana arteriyasining oldingi va orqa shoxchasi o‘rtasida qorin pardasi ostida maklokning pastki tomonida joylashadi. Tos, qorin, orqa oyoq muskullaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramollarda tos yo‘liga, cho‘chqalarda bel sisternasiga, otlarda bel tuguni va yo‘liga boradi.
Tos limfa tugunlarilnn.hypogastrici – qoramollarda 0,5 – 4,5 sm, cho‘chqalarda 0,2 – 0,5 sm, otlarda 0,3 – 2 sm uzunlikda bo‘lib, itlarda mavjud emas. Yonboshning o‘ng va chap chuqur arteriyasi ildizi orasida joylashadi. Tos bo‘shlig‘i organlari va sondan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi barcha hayvonlarda yonboshning medial limfa tuguniga ro‘y beradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling