Ot kishnagan oqshom (qissa)


Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com


Download 317 Kb.
bet41/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

58
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod
www.ziyouz.com kutubxonasi 47
Endigi qog‘oz kelishida bormadim.
Boisi, Dono momo bandalik qildi. Janozasiga bordim. Momoni o‘rab-chirmab, yig‘labyig‘
lab qo‘yib keldim.
Uyda azali kayfiyatda yonboshlab yotib edim, Rixsiyev kelib qoldi.
— Ahay, choy qo‘yinglar! — dedim ayolimizga.
— Kayfiyatingiz yo‘q, o‘rtoq Qurbonov? — dedi Rixsiyev.
— Dono momoni qo‘yib keldik, — dedim.
— Qayoqqa qo‘yib keldingiz?
Shunda, Rixsiyev janozada bo‘lmaganini bildim.
— Dono momo olamdan o‘tdi, shuni aytayapman,— dedim.
— Aha, dafn qildik deng. Qo‘yib keldik deganingizga biror nimani qo‘yib kelibdimi
debman.
Yuzimni o‘girib, ko‘zlarimni yumdim. O‘zimni bosolmadim. Tag‘in o‘ng bo‘ldim.
Ko‘nglimga qay bir gaplar keldi. Gap kelganda gapirmasa, shu gap o‘ldim, deb ketadi.
Shu bois, umrimda birinchi marta Rixsiyevga oqsoqolchilik qilishga jur’at etdim:
Rixsiyev aka, — dedim, — siz o‘qigan odamsiz, olamdagi bor gapni bilasiz. Sizga
o‘rgatib bo‘lmaydi. Hech qachon eldan qolmang, aka. Xususan ikki vaqt elning yonida
bo‘ling. Biri — to‘yida. Elning to‘yini belingizni besh joyidan boylab xizmat qilib, o‘ynabkulib,
xush-xushvaqt o‘tkazib bering. To‘y ko‘pniki, ha. Yana biri — azasida. Yig‘labsiqtab
elning qayg‘usiga hamdard bo‘ling. O‘lim qayg‘usini bir odam ko‘tarolmaydi.
Og‘irlik qiladi. Shunda siz yonida bo‘lib, qayg‘usiga sherik bo‘ling. Odam ana shu ikki
vaqtda odamligini bildiradi.
— Men unday momoni tanimayman, u kim?
— O‘zimizday odam. Faqirgina bir momo edi. Umri kolxozda ishlab o‘tdi. Qarigan
chog‘ida magazinda qorovul bo‘ldi. Na qizi bor, na uli bor edi. Bechorahol momo edi.
Yig‘laydiganlari-da bo‘lmadi. O‘zimiz momomlab, xolamlab yig‘lab jo‘natdik. El ko‘mdi...
— Aha, qulog‘imga bir chalinganday bo‘ldi. Maktabga darsga ketayotgan edim, kimdir,
birov o‘libdi, dedi. E’tibor bermabman.
— Ana shu-da. Shu sababli-da janozada odam taxchil bo‘ldi. Ko‘nglim yarim bo‘lib
qaytdim. Odamzotning qadri endi shu bo‘ldimi, dedim. Rixsiyev aka, bir kun kelib biz
ham ketamiz. O‘lim barimizning boshimizda bor savdo. Shunday kunda bir-birovimizning
kunimizga yaramasak, odam bo‘lib nima qilib yuribmiz...
Rixsiyev gapimni og‘zi bilan eshitdi.
Hammaning borishi shartmi, o‘rtoq Qurbonov, — dedi. — Qarindosh-urug‘idan to‘rt
kishi borsa bo‘ldi-da. Tobutning to‘rt yog‘ochidan ushlab ko‘tarib boradi. To‘rt kishidan
ortig‘i ortiqlik qiladi. Aha, xo‘p, olti kishi ham bo‘lsin. Ikkitasi go‘r qazib turadi.
— Rixsiyev aka, odam it bo‘lsa ekan, oyog‘idan sudrab olib borib, chuqurga tashlab kela
bersa. Odam o‘z nomi o‘zi bilan odam. Odamdan ulug‘ jonzot bormi...
Rixsiyev gapimni og‘zi bilan eshitdi.
— Ha, endi, bir kampir ekan-da. Bor-yo‘g‘i qorovul! — dedi. — Xalqaro ahamiyatga,
aqalli mahalliy ahamiyatga molik shaxs bo‘lsa ekan, bilagimizga qora lenta taqib faxriy
qorovullikda tursak! Motam tutsak, nutq so‘zlasak!
— Rixsiyev aka, odamning katta-kichigi bo‘lmaydi. Bariyam odam. Bir odam yaxshimiyomonmi
bir umr yashadi. Qo‘lidan kelgancha tirikchilik qilib, o‘zini odam sanab yurdi.
Biz bilan betma-bet bo‘ldi, yelkama-elka bo‘ldi, davrma-davr bo‘ldi. Endi qaytmas bo‘lib
ketayapti. Odam qaytmas bo‘lib ketayotganda bormagan odam odammi...
Rixsiyev gapimni og‘zi bilan eshitdi.
— Kampirlarning o‘limi mahalliy gap, o‘rtoq Qurbonov, — dedi. — E’tiborga molik emas.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling