Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet18/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 24
Dumlari bilan sag‘rinlarini urdi, qorinlarini urdi.
Orqa oyoqlarini ketiga siltab-siltab pishqirdi. Go‘yo bir nimani tepgan bo‘ldi.
Men avval-avval, Tarlon sho‘xlashib o‘ynayapti, deb o‘yladim.
Yo‘q, Tarlon sho‘xlashib o‘ynamadi.
Tarlon dingilladi! Ding-ding etdi!
Shu Tarlon yo ya’juj-ma’juj ko‘rdi, yo olabo‘ji ko‘rdi, deya o‘yladim.
Hadahalab bordim. Tevarak-boshni qaradim. Ya’juj-ma’juj-da ko‘rmadim, olabo‘ji-da
ko‘rmadim.
Hayron bo‘ldim. Ot arqonini ushladim.
— Tak-tak, tak deyman! — dedim.
Tarlon shunda-da dingilladi. Dingillab, arqonini yulqidi. Dingillab, arqonini silkidi.
Ketimga chalqayib oyoq tiradim. Arqonni qo‘shqo‘llab tortdim. Shunda-da bo‘lmadi. Dalbanglab-
dalbanglab ketdim. Bor-e, deya arqonni qo‘yib yubordim.
Bor e’tiborim bilan qaradim. Bor farosatim bilan o‘yladim. Qarab-qarab topdim, o‘ylabo‘
ylab topdim.
Bizning Tarlonga go‘balak doridi!
Go‘balakda bingak pishiday zahar nish bo‘ladi. Shu nishini ot badaniga suqib-suqib ola
beradi.
Go‘balak osmondan tushmaydi, yerdan chiqmaydi. Chetdan-da uchib kelmaydi.
Unda, go‘balak qayerdan keladi? Go‘balak otning o‘zida bo‘ladi! Ot deb atalmish har bir
jonivorning o‘z go‘balagi bo‘ladi!
Go‘balak otning qayerida bino bo‘ladi? Go‘balak otning dumi ostida bino bo‘ladi!
Shu bois, go‘balak otpashsha deyiladi!
Bir qo‘lim bilan ot arqonidan mahkam ushladim. Bir qo‘lim bilan kallamdan telpagimni
oldim. Telpagimni shaylab turdim.
Go‘balak ot dumi ostidan chiqdi degandan, telpagim bilan tapillatib urib o‘ldirdim.
Joyimga qaytib borib o‘tirdim.
Tarlon tag‘in qozig‘ini aylanib-aylanib chopdi. Dirk-dirk o‘ynadi. O‘ynab-o‘ynab pishqirdi.
Tarlon go‘balakdan xalos bo‘ldi-da! Endi, o‘ynaydi-da!
Tarlon dumlari yoyildi, yollari hurpaydi. Yollari bir chap bo‘ynida, bir o‘ng bo‘ynida
o‘ynadi!
Bir qo‘lim go‘shtda, bir qo‘lim pichoqda qoldi. Ko‘zim Tarlonda qoldi! Yo, pirim-ey, yo,
pirim-ey! Go‘shtga topshiradi? Shunday zotni-ya? Shunday xushro‘y zotni-ya? Go‘sht
qiladigan boshqa jonivor quridimi? O‘zi, qanday qilib go‘sht qiladi? Mana bundaymi?
Dasturxondagi go‘shtga tikildim. Ana shunday-da? Tarlon hademay shunday bo‘ladi-da?
Lahimi bir yoqli, suyagi bir yoqli bo‘ladi-da? Eb-ey, eb-ey!
Keyin, kalla-poychasi alohida bo‘ladi. Tuyoqlarini itga otib yuboradilar. Itlar tuyoqlarni
g‘ajib yeydi. Faqat tuyoqdagi nag‘allar qoladi.
Yollari bilan dumlarini ko‘mib tashlaydilar. Yollar tuproq ostida chiriydi. Shunday yollara?
Bu yol emas, ipak, ipak! Bu yol emas, do‘mbira tori, do‘mbira tori!
Tarlon ot emas, Jumanbulbul kuylagan «Quntug‘mish»! Fozil Yo‘ldosh kuylagan
«Alpomish»!
Gajak-gajak bo‘yinlar bo‘yin emas, do‘mbira, do‘mbira!
«Kuntug‘mish»ni go‘shtga topshirib bo‘ladimi? «Alpomish»ni go‘sht qilib bo‘ladimi?
Tarlon dirkillab-dirkillab o‘ynadi. Birdan oyoq ildi. Orqa oyoqlarini keng yoydi. Boshini
sarak-sarak qildi. Old oyoqlarini ko‘tardi! Tag‘in, tag‘in-da ko‘tardi. Old tizzalarini xiyol
bukdi. Old tuyoqlari yerga egildi. Quloqlari olg‘a ding bo‘ldi.
Tarlon orqa oyoqlarida tik turdi!
Devor uzra olis-olislarga qaradi. Bobotog‘ cho‘qqilariga qaradi. Qaradi-qaradi... bor ovozi
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling