Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet17/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 23
Men yana uloqqa kirdim. Uzalib, uloqni yerdan uzdim. Jo‘ra boboning to‘rig‘i olg‘a yurdi.
Bakovul jar soldi:
— Uloqni jo‘ra boboning oti ko‘tarayapti, Jo‘ra boboning!
Besh-olti qo‘l uloqqa uzaldi. Ammo men kuch bermadim. Uloqni bor kuchim bilan ushlab
oldim. To‘dadan sug‘urilib chiqdim.
— Uloq Jo‘ra boboning otida! Eshitmadim demanglar, Jo‘ra boboning otida!
Uzangi yo‘ldoshlarim tevaragimni olib chopdi. O‘zga otlarga yo‘l bermadi. Jo‘ra boboning
To‘rig‘ini qamchiladim, haybarakalla qildim.
— Ha, bos, Jo‘ra boboning oti!
— Ha, selkillagan yolingdan aylanayin! Hayda-ya, Jo‘ra boboning oti!
— Iy-iy-iy, iy-iy-iy!..
Dupur-dupur-dupur... Otlar pishqirdi, otlar kishnadi. Yollar selkilladi. Dumlar tovus pati
misol yoyildi. Tuyoqlar ostidan chang o‘rladi. Dupur-dupur-dupur...
Jo‘ra boboning oti qoralikka zabt bilan keldi. Chuqurdan sapchib o‘tdi. Shunda uloqni
qo‘yib yubordim.
— Hal-o-ol! Jo‘ra boboning to‘rig‘iniki halol! Jo‘ra boboning to‘rig‘i, kel, haqingni ol!
Haqni olib, Jo‘ra boboning oldiga bordim. Jo‘ra bobo jilmayib, bosh irg‘adi. Tevarakka
g‘olibona ham xushvaqt qaradi. Ko‘rdilaringmi, uloqni bizning otimiz oldi, degan bo‘ldi.
31
Qish qaridi.
Havoda ko‘klam isi anqidi. Boychechaklar ketidan qoraqoshlar ochildi.
Ko‘klamni bag‘rimga bosdim, to‘yib-to‘yib iskadim.
Bir gap eshitib, ko‘klam kayfiyatim qish bo‘ldi. Ko‘klam rangim sindi.
— Jamiki otlar go‘shtga topshirilar emish.
Kolxoz radiouzeli shunday dedi.
Brigadir uyma-uy yurib aytdi. Vajini so‘radim. Brigadir yelka qisdi. Ko‘rsatkich barmog‘i
bilan shipni ko‘rsatdi.
— Bari yuqoridan, bizda gap yo‘q, — dedi.
Brigadir aytgan yuqoridan odam keldi. Idora oldida ko‘rdim. Yonida ikkita militsioneri-da
bor.
Kattalar uyma-uy yurib, ot oldi.
El ot bermayin desa — kattalar! El yoqalashayin desa — yonida shapkalar!
El ostonagacha otlariga ergashib bordi.
El qonqora qaqshadi.
El dardi ichida bo‘ldi.
32
Ha-ye, dedim, peshonada borini ko‘ramizda-ye, dedim.
Hofiz qassobdan ikki kilo qo‘y go‘sht oldim. Belboqqinamga tugib, uyga keldim. Supada
chordana qurib, go‘sht nimtaladim. Lahimni bir yoqli, suyakni bir yoqli qildim. Ukkag‘ar
Hofiz qassob sersuyak qilib beribdi. Xiyla ovora bo‘ldim.
Shu vaqt, Tarlon pishqirdi.
Ko‘zimni go‘shtdan olib qaradim.
Tarlon joyida telbalarcha irg‘ishladi. O‘zini uyoqqa urdi, buyoqqa urdi. Tasir-tusur yer
tepdi. Old oyoqlari orasiga tumshuq tiqdi. Qorniga tumshuq cho‘zdi. Sag‘riniga tumshuq
cho‘zdi. Tumshug‘i sag‘rinlariga yetib-etmadi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling