Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet14/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 20
Xufton vaqti-xufton vaqti to‘yxona tevaragini aylantirdim. Karnay-surnaylar ovozini
eshittirdim, to‘yxona havosini oldirib-oldirib keldim. Keyin, hovli etagiga solqi qilib
boyladim.
Yarim kechada Tarlon kishnadi.
Tashqariladim, Tarlondan xabar oldim.
Tarlon old oyoqlari bilan yer tirnadi. Qoziqni aylanib-aylanib chopdi. Pishqirib-pishqirib
chopdi.
To‘y havosi Tarlonni qo‘zg‘adi. To‘y havosi Tarlonni ko‘pkariga chorladi!
Tarlon tushkun kayfiyatdan foriq‘ bo‘ldi!
27
Ertasi kuni otlar serob bo‘ldi. Ot ko‘pligidan binoyiday otlar-da to‘daga tumshug‘ini
tiqolmadi.
Bir osh pishirim vaqt o‘tdi. Uloq yerdan qimirlamadi. Qimirlasa-da, besh-o‘n odim
sudralib borib, tag‘in tushib qoldi.
Oxiri bir Cho‘bir ot enlik ko‘kragi bilan to‘dani yorib-yorib, uloqni olib chiqdi. To‘da
chetida chag‘ir otliq bir chekkagir chavandoz uloqni poylab turib edi, shu chekkagir
chavandoz chag‘ir otini Cho‘bir yonidan soldi. Jipslashib keldi-da, uloqni yuldi-ketdi.
Ellik-oltmish qadamcha chopib bordi.
Katta-katta ko‘pkarilarda uloq to‘dadan sag‘al chiqsa bo‘ldi, halol bo‘ladi. Shu bois
bakovul darrov qamchisini boshi uzra ko‘tardi:
— Halo-o-ol! Tashla, Chag‘ir, tashla! — dedi.
Birodarlar, chekkagir chavandoz o‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir
chavandoz bo‘ladi!
Chekkagir chavandoz to‘da chekkasida gir bo‘lib poylab yuradi! Shu sababli-da ularni
chekkagir deydilar. O‘zlari-da, otlari-da chekkaga o‘rgangan bo‘ladi. Chekkagirlar
to‘dadan uloq ololmaydi. Chekkada turib, tayyor oshni poylaydi. Uloq to‘dadan chiqdimi,
bo‘ldi, chekkagir uloqni tulkiday ilib ketadi.
Uloqni to‘dadan olib chiqqan chavandoz esa, mehnatiga kuyib qoladi!
Men ming azob bilan uloq olib chiqdim. Mening ulog‘imni-da shu Chag‘ir chekkagir yulib
ketdi. Men sonimga urdim, attanglab qola berdim.
Chag‘ir chekkagir boshga bitgan balo bo‘ldi.
Shunda men, bir ustalikni qo‘lladim. Uloqni oldim-da, kun tarafga qarab ot soldim.
Kunga yuzma-yuz chopdim.
Yonimda kelayotgan Chag‘ir ot yo‘lda qolib ketdi. Boisi, Chag‘ir otning ko‘zi ko‘k bo‘ladi!
Kunga qarab chopolmaydi! Ko‘zlari shafaqlanadi!
— Tarlonniki halol, Tarlonniki halol! Tarlon, ma, haqing! Chavandozlar, endi qoralik
qo‘yaman! Mana! — dedi bakovul.
Bakovul shunday deya bir yirtim qizil matoni ko‘z-ko‘z etdi. Matoni yarim qulochcha
cho‘p uchiga ildirib, bayroqcha qildi. Bayroqchani chimzor chetidagi kattaroq o‘choqday
chuqur labiga qadadi.
— Mana shu chuqur qoralik! Kimki uloqni shu chuqurgacha olib kelib tashlasa bir qo‘y,
ellik so‘m pul, bir to‘n oladi! Qulog‘i og‘irlar bo‘lsa, qaytarib aytaman...
Qoralik — ko‘pkarining eng mushkuli, eng qiyinidir. Shu sababli-da ko‘pkari g‘ururidir,
ko‘pkari yuzidir. Qoralikni halollash chavandozga-da, otga-da faxr! Uloqni qoralikka bir
marta olib borib tashlash, to‘dadan uch marta uloq ayirishdan ziyod!

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling