Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 31
— Menga qaralsin, nima, dunyoning ishi ko‘pkarimi? Kal deyilmasin! O‘rtoq Falonchiyev deb aytilsin! Shapkang kim? Militsioner? Menga qaralsin, shapka inson emas! Shapka — latta! Shapka— karton qog‘oz! Shapkani javobgarlikka tortib bo‘lmaydi! Leytenant Falonchiyev, serjant Falonchiyev deb aytilsin! — Xo‘p. Oy hamsoyamiz Qulmat polvonning teraklari uchiga osilib qolgan-da... — Uf-f, mabodo shoir-poir emasmisan? Bo‘lmasa nega oydan, yulduzdan gapirasan? Oydan pastga tushilsin! Yerdan gapirilsin! Lirika suvga borib aytilsin! Bizning ishimiz jiddiy, xalq ahamiyatiga molik ish! Sudlarda qatnashilganmi? Yo‘q? Unda, kolxoz hisobot majlisida kaminaning nutq so‘zlagani ko‘rilganmi? Ana, kamina majlisda qanday gapirgan bo‘lsa, ana shunday gapirilsin! Botir mirobning kolxoz umumiy majlisida gapirishini yodladim. Xuddi mirobday qo‘llarimni qornimga qovushtirdim. Boshimni tik tutdim. Kiprik qoqmadim. Dona-dona qilib aytib berdim. Mirob oldimga qog‘oz bilan qalam qo‘ydi. — Endi qanday aytilgan bo‘lsa shunday yozilsin. Nimaga? Beshinchi sinf? Ma’lumoting mendan bir sinf yuqori bo‘laturib yozolmaysanmi? Ha, mayli. O‘rtoq Hamidov, siz yozing, bu kishi qo‘l qo‘yib beradi. Birodarlar, arizabozlardan Denov qolmadi, Termiz qolmadi, Toshkent qolmadi. Idoramaidora chopdi. Arizaboz degani ajabtovur el bo‘ldi. Bo‘lmasa, arizabozlarning otini olmadi. Arizabozlarga yel-yugur, deb, birov bir chaqa bermadi. Arizabozlar o‘zlari yonidan o‘zlari chopdi. 40 Bir safargisida meni-da ergashtirib jo‘nadi. — Boshingdan o‘tgan savdoni o‘z tiling bilan o‘zing aytib berasan, — dedi. — O‘zi, qayerga borayapmiz? — dedim. Botir mirob shahodat barmog‘ini labiga bosdi. — Tish-sh-sh! — dedi. Arizabozlarga ergashdim. Dushanbega yo‘l oldim. Yo‘lda avtobus derazasidan ikki marta qusdim. Dushanbedan Moskvaga uchdim. Umrimda birinchi marta samolyotda uchdim. Qani, ko‘rayin, qani, samolyot degan ulov qandaychikin ekan, dedim. Samolyot bir pasaydi, bir ko‘tarildi. Yuragim tovonimga tushib ketganday bo‘ldi. Keyin, joyida turib qoldi. Nag‘masi ko‘p bo‘ldi. Odamning yuragini yordi. Ulov bo‘lsang, sidirg‘a yur, ukkag‘arning samolyoti, dedim. Samolyotdan ko‘nglim qoldi. Ulovligi yo‘q ekan, ha, demadim. Samolyot derazasidan qarab hayron bo‘ldim. Shundaygina ostimizda paxta uyulib yotibdi! Samolyot tegayin-tegayin deydi. Qabatimdagi Hamidov muallimga yuzlandim. — Eh-he, paxtani qarang, paxtani! — dedim. Hamidov qaradi. Keyin, ketiga chalqayib kuldi. Telpagimni yulib oldi. Taqir kallamga shapatiladi! Kallamga shapatilab-shapatilab kuldi. Kallamni yelkalarim orasiga oldim. Kaftim bilan bekitdim. Telpagimni tortib olib kiydim. Tag‘in derazadan qaradim. Ana endi bildim. Ko‘rinayotgan paxta emas, oppoq bulutlar bo‘ldi. Moskvada tushdim, arizabozlar ketidan ergashdim. Moskvada nima ko‘p, mashina ko‘p bo‘ldi. Bitta-da ot bo‘lmadi! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling