Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 29
— Seni urdimmi? Militsioner yomon tepdi! — Men-a? Seni-ya?.. Chotlarim uyushib-uyushib og‘ridi. Achishib-achishib og‘ridi. Ketim bilan shilq etib tushdim... Tong-saharlab badrabxona tozaladim. Hovli supurdim. Ko‘cha supurdim. Onamiz bilan ayolimiz xo‘rak olib keldi. Onamiz yig‘lab-yig‘lab hol so‘radi. Ayolimiz kuyib-kuyib ko‘ngil so‘radi. Onamiz bilan ayolimiz biri qo‘yib biri qarg‘adi: — Senlar mening bolaginamni oyoqosti qilgan bo‘lsang, sen shapkalarni xudoyim xudovando oyoqosti qilsin! — Xudoyim xudovando, bolaginangning o‘lganini ko‘r, sendaychikin shapkalar! — Xudoyo, shu otlar bilan qo‘shilib, o‘zing ham go‘sht bo‘lib ket, sendaychikin shapkalar! — Xudoyo, qirg‘inning oldida qirilib ket, sendaychikin shapkalar! — Ilohi omin, xudo bandam desa, Muhammad payg‘ambar ummatim desa, shul shapkalar elga ermak, xalqqa shaloq bo‘lsin, ollohu akbar! Onamiz bilan ayolimizga Tarlonni aytmadim. Ayol zoti og‘zi bo‘sh bo‘ladi. Birov-yarimga aytib qo‘yadi. Qolabersa, Tarlonni yolg‘iz o‘zimga o‘rgatib edim. Shu bois, Tarlon mendan o‘zgani o‘ziga yo‘latmaydi. O‘zgalar qo‘lidan yem-da yemaydi. 36 Rosa o‘n kunda ozod bo‘ldim. Yo‘lda ko‘nglimga hadik tushdi. Hadik tanamga-da yoyildi. Uyim qolib, Obshirga yo‘l oldim. Adirga o‘rladim. Kamar oldida serrayib qoldim. Ketimga chalqaydim. Ko‘kragim otilib ketadiganday bo‘ldi. Kamarda... kamarda to‘rt tayoq ustida bir nima turdi. Joni bormi, yo‘qmi, bilib bo‘lmadi. Ikkita nima yiltiradi. Ko‘zlar bo‘ldimikin? Ichkari kirdim. Tarlon bo‘yniga osilib-osilib yig‘ladim. To‘yib-to‘yib yig‘ladim... Tarlonni kamardan olib chiqdim. Adirdan pastga yetakladim. Tarlon ohista-ohista pastladi. Pastlayotib, old oyoqlari bukildi. Yig‘ilib ketayin-yiqilib ketayin, dedi. Ariqdan sag‘al suvladim. Ariq yoqalatib yetakladim. Oyoqlarini yozdim. Qashilab yuvdim. Yana suvladim. Kamarga qaytarib olib keldim. Burchakda turgan qopdan to‘rvada yem olib kelib osdim. Tarlon jonlanganday bo‘ldi. 37 Birodarlar, necha-necha qorabayirlar ketiga qarab-qarab ketdi. Necha-necha jayronlar kishnab-kishnab ketdi. Necha-necha samanlar go‘sht bo‘lib ketdi! Qishloqda otlar kishnamay qoldi. Saharlari ko‘chalarda ot tuyoqlari tikillamay qoldi. Oqshomlari otlar tarsillatib yer tepinmay qoldi. Adirlarda otlar dupur-dupur chopmay qoldi... Chavandozlar chemakdoshi urushdan qaytmagan bo‘zbola misol mung‘ayib qoldi. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling