Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 11
shunday topishadi-da! Safar chavandoz to‘rig‘ini Tarlondan xolis oldi. Otlar tinchidi. Palov yedim. Kechasi olishni* tomosha qildim. 14 Ertalab ta’tillanib, otlandim. Lalmi dashtga yo‘l oldim. Dasht bir-biriga ulashib ketgan adirlar oralig‘ida bo‘ldi. Kunbotar qo‘ng‘ir tusli qirlar bo‘ldi. Dasht chetlari yo‘g‘on-yo‘g‘on tutlar bo‘ldi. Ko‘pkari tomoshaga kelganlar shu tut shoxlarida, devorlarda chumchuqdayin tizilib o‘tirdi. Tevarakdagi adirlarda to‘da-to‘da bo‘lib yonboshlab yotdi. Adir betlarida chavandozlar otlarini yalang‘ochladi, otlarini ko‘pkariga shayladi. Men ham adirning bir chetini oldim. Tarlonni yalang‘ochladim, yerga yumalatdim. Keyin egar bosdim. Oyog‘imga paytava o‘radim. Xurjundan ko‘pkari etigimni olib kiydim. Etik baland poshnali etik, takaning terisidan bo‘ladi. Teri teskarisi ichiga qaratib tikiladi. Teskarisi yaltiroq, sirpanchiq bo‘ladi. Yuzasi terining o‘ng tarafidir. Etikni mol charvisi bilan moylab turaman. Shunda suv, qor, sovuq o‘tmaydi, yirtilmaydi. Butlari bir qarichcha yirtiq cholvorimni kiydim. Cholvorimni atayin yirtib qo‘yibman. Bo‘lmasa, ko‘pkarida butimga biron nima ilashadi, cholvorimni og‘igacha ayirib yuboradi. Telpagim qulog‘ini tushirdim. Uzangiga oyoq ilib, egar qoshidan oldim. Dashtga qarab endim. Chavandozlar tevarakni aylanib chopdi. Chavandozlar otlarini pishitdi. Odamlar qishloq tarafga qaradi. — Ana, uloq kelayapti! — dedi. Qishloqdan ikki otliq keldi. Birovi oldida qora uloq. O‘ngarib oldi. Otliq uloqni oldimizga olib kelib tashladi. Chavandozlar uloqni otlariga iskatdi. Uloq yonverini, tevaragini aylantirib ko‘rsatdi. Otlar to‘p bo‘ldi. Yuzlari tandirdan endi uzilgan nonday qizil, mo‘ylovli bir odam uloq boshiga keldi. Ana shu mo‘ylov bakovul bo‘ldi. Qamchi sopini boshi uzra ko‘tardi. Jarangdor ovozda aytdi. — Chavandozlar-ov! Gapimni o‘ng qulog‘ing bilan-da, chap qulog‘ing bilan-da, eshitib ol! Chilvir solma — bir! Bir-birovingni yomon gap bilan so‘kma — ikki! Qamchi solma — uch! Yiqilgan chavandoz ustiga ot solma — to‘rt! Ot qochganda ushlashga yordam ber — besh! Ol, ha-ol! Bakovul shunday dedi-da, o‘zi to‘dadan chetga chopib chiqdi. To‘dani aylanib chopib, jar soldi: — Birinchi zotiga bir ro‘mol, o‘n so‘m puli bor! Eshitmadim demanglar! Chavandozlar to‘daga ot soldi. Otlarini qimti-di, otlarini tizzalari bilan niqtadi, otlarini qamchiladi, otlarini uloqqa haydadi. Uloq sonsiz ot tuyoqlari orasida qoldi. Qo‘llar uloqqa talpindi, ammo ololmadi. — Ha-ha-ha! — Chu-chu-chu! — Bos-bos-bos! Talpinishlar samara bermadi. Uloq yerdan qo‘zg‘olmadi. O‘zini uloqqa urayotganlar o‘zida, otlari-da g‘arq terga botdi. Chavandozlar dastlabki shashtidan qaytdi, otlar shashtidan qaytdi. Ayrim chavandozlar to‘da chetiga chiqdi, peshonalarini artdi, Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling