Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet3/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 9
Oqshomda besh kilo arpa yem berdim.
Kaftimda tuz berdim.
Tarlon tuzni kapalab-kapalab yedi.
Kaftimda oq qand tutdim.
Tarlon qandni lablari bilan oldi. Qars-qars yedi.
Endi so‘yilgan qo‘y quyrug‘ini tuzlab-tuzlab berdim...
Birodarlar, ot usti behisht, og‘zi do‘zax!
11
Rosa qirq kecha-yu qirq kunduz bo‘ldi.
Ana shunda Tarlonni otxonadan olib chiqdim. Tarlonni sovuta boshladim.
Hovli etagida arqonini uzun tashlab bog‘ladim. Tarlon bo‘ynini ko‘zoynakli ilon misol
gajak-gajak qildi. Qoziqni aylanib chopdi. Old oyoqlarini ko‘tarib kishnadi. Arqonini
selkillatdi. Dirk-dirk o‘ynab kishnadi. Tarlon mast bo‘ldi!
Arqon yetadigan yerlarga oz-ozdan xashak yoydim. Tarlon goh u uyumdan, goh bu
uyumdan xashak yedi.
Kuniga bittadan xom tarvuz berdim. Tarlon tarvuzni qarsillatib-qarsillatib yedi.
Fayzi sahar vaqti Tarlonni jabduqlab mindim.
Katta ko‘chada ohista-ohista qadamlatib yurdim.
Tong oqardi.
Xo‘rozlar qichqirdi. Itlar hurdi.
Ko‘cha yuzidagi radiokarnay nag‘ma chaldi.
Ariqlarda jildirab-jildirab suvlar oqdi.
Sahar yellari xur-xur esdi. Bizlarni silab-siypadi...
Tarlon vazmin-vazmin qadam tashladi. Tuyoq tovushlari bir maqomda tikilladi: tik-tiktik...
Oldimizdan ariq keldi.
Oyoq ildim. Tarlonni ariqdan sapchitmadim. Sapchitsam, ichidagi moyi uzilib tushadi.
Keyin, bir yilcha ko‘pkarida chopolmaydi.
Shu bois, ariqni aylanib o‘tdim.
Tarlonni suvladim. Izimizga qaytdim.
Tarlon tag‘in terib-terib qadam tashladi: tik-tik-tik!
Tarlonni qirq kun sovutdim. Tarlon bir yerda turolmay qoldi, tuyoqlari yerga tegartegmay
yurdi. O‘ynoqlab-o‘ynoqlab, osmonga sapchidi. Quyundayin uchgisi keldi!
Paxta terimi tamom bo‘ldi.
To‘ylar boshlandi.
12
Birodarlar, ot bilmaydigan nima yo‘q!
Ot qor-yomg‘irni, dovulni oldindan biladi.
Ayniqsa, to‘y-ma’rakani darrov biladi. Boisi, to‘yda ko‘pkari bo‘ladi-da!
Bizning Tarlon kechasi bilan pishqirdi.
Alag‘da bo‘ldim, choponimni yelkamga tashladim, tashqariladim.
Oy yorug‘, osmon ochiq bo‘ldi.
Tarlon qoziqni aylanib chopdi.
Tarlonni ushladim. Yollarini siladim.
Bir yerda to‘y bor-ov, dedim.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling