Ot kishnagan oqshom (qissa)


Yanagi uloq menga nasib etdi. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com


Download 317 Kb.
bet7/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

16
Yanagi uloq menga nasib etdi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod
www.ziyouz.com kutubxonasi 13
Men uloqdan umid qilmadim, to‘da chetida turdim. Uloqni Yaratganning o‘zi yetkazdi.
Bir qizilko‘k uloqni yerdan sudrab chiqdi. Qizilko‘k shundaygina yonimizga keldi. Shunda
chavandozi uloqni ot tizzasi bo‘yi ko‘tardi.
Men enkayib, uloqqa yopishdim. Qaddimni ko‘tardim, Tarlon biqiniga tizzamni nuqib
ayqirdim.
— Ha-a!
Tarlon bir yulqinib, to‘dadan uzib chiqdi. Ketimdan chavandozlar ot soldi. Ko‘plari menga
yetib keldi, uloqqa uzaldi.
Shunda Tarlonga qamchi bosdim. Ammo Tarlon jadallamadi, aksincha, tobora sekinlab
chopdi.
Hayron bo‘lib, olg‘a qaradim. Ana shunda nima gapligini bildim. oldinda bir odam bo‘yi
soy bo‘ldi...
Nima qilishimni bilmadim. Jilovni buraman degunimcha soy labiga kelib qoldim. Tarlon
soy yoqalab chopdi. Uloq soy tarafda bo‘ldi. Shu sababli-da uloqqa birov kelolmadi.
Shunday bo‘lsa-da, qo‘li uzun chavandozlar Tarlon sag‘risi, Tarlon bo‘yni osha uloqqa
uzaldi. Men uloqni bermadim. Ayniqsa, Tarlon uloqni bergisi kelmadi.
Soy yoqalab chopdim. Shunda-da bakovul ovozidan darak bo‘lmadi. Endi jilovni qo‘yib
yubordim. Taqimimdagi uloqni qo‘shqo‘llab ushladim. Tarlon endi o‘z bilganicha chopdi.
Soyda esa, adog‘ bo‘lmadi...
Chavandozlar ketimdan qolmay ta’qib etdi.
Shunda Tarlon birdan... soyga qarab zinkiydi. Old oyoqlarini ko‘tardi, o‘zini soyga
tashladi.
Etlarim jimir-jimir etdi. Ko‘zlarim otilib chiqib ketayotganday bo‘ldi. Oyog‘im yerdan
uzilganini tuydim. O‘zimni muallaq sezdim. Ko‘nglimdan, o‘lgan shunday o‘lar ekan-da,
degan gap o‘tdi. Ko‘zlarimni chirt yumdim, uloqni qo‘yib yubordim...
Zo‘r bir zarbdan qalqib ketdim. Yuragim tovonimga tushib ketganday bo‘ldi. Hushim
boshimdan uchdi. Jonholatda Tarlon bo‘yniga yopishdim. Mahkam quchoqlab oldim...
17
Ko‘zlarimni ochdim. Yo, tavba, Tarlon hamon chopib borayapti. Endi soyda chopib
borayapti.
Tarlon bir-bir bosib, oyoq ildi. Boshini egdi. Pishillab nafas oldi.
Men qaddimni rostladim. O‘zimga keldim. Men tag‘in ko‘zimni yumdim.
Yuqoridan bakovul ovoz berdi.
— Zot joyida! Zot joyida qoldi!
Yuqoriga o‘girildim. Otliqlar soy labida qator bo‘lib qaradi. Uzalib, jilovni oldim. Yuqoriga
chiqadigan yo‘l qidirib, soy yoqaladim.
Yuqorida chavandozlar salmoqlab-salmoqlab gapirishdi.
— Odamning boshi aylanib ketadi-ya!
— Shu Tarlonda ikkita yurak bor!
Bordi-yu, bitta bo‘lsa, o‘zining kallasiday!
— Tarlon dilovar ot ekan!
Bakovul tayinladi:
— Tarlon-ov, uloqniyam olib chiq! — dedi.
Men o‘zimni eshitmaslikka oldim. Uloqqa qaytib borgim kelmadi. Bir nishabroq yerdan
yuqoriladim.
Egar-abzallar oldiga bordim. Tarlonni yalang‘ochladim. Tarlonning bor vujudini qarab
ko‘rdim. Oyoqlarini siladim. Xudoga shukur, lat yemadi. Yerga yumalatib-yumalatib
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling