Ot kishnagan oqshom (qissa)


Birodarlar, uchastka militsionerimiz odam bo‘lib qoldi! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com


Download 317 Kb.
bet58/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

76
Birodarlar, uchastka militsionerimiz odam bo‘lib qoldi!
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod
www.ziyouz.com kutubxonasi 64
Ha, odam bo‘lib muomala qildi, odam bo‘lib gapirdi.
— Qanday, jiyanlar katta bo‘layaptimi, suyaklar yengilmi, aka?... — dedi.
— Shukur, shukur, — dedim.
— Ikki marta kelib ketdim...
— Ayolimiz aytdi, yo‘qladi, dedi.
— Chavandozchilikda shunday-shunday bo‘ladi-da, aka. Odamlar samolyotdan tushib
ketayapti. Siz yiqilsangiz, otdan yiqilibsiz-da.
— Shunday, shunday...
— Qalay, endi tuzuk bo‘p ketdingizmi, aka?
— Shukur, shukur?
— Unda, rayondan bir xabar oling, aka. Kapitan ko‘p so‘radi, aka.
— Maylingiz, inim, maylingiz.
Endi, bir dushman ko‘zi qilayin, dedim. Qo‘limdan ipni olib tashladim. Qo‘limni qo‘ynimga
solib oldim.
Otlanib, rayon bordim.
Kapitan katta eshigidan ichkariladim. Ichkarida o‘sha beqasam choponlik odamni
ko‘rdim. Bechora, yuzlari yarasi hali-da bitmabdi, bechora...
Beqasam choponlik meni tanimadi. Kapitan katta tanitdirdi.
Shunda, beqasam choponlik meni bot-bot bag‘riga bosdi. Kipriklari nam bo‘ldi...
Biqinma-biqin o‘tirib dardlashdim. Zot-boborakotini, mazgilini so‘radim. Beqasam
chopon- lik «Navoiy» kolxozidan bo‘ldi, oti Rahmon bo‘ldi.
Rahmonboyning ko‘ngli buzildi. Ovozi qaltirab chiqdi:
— O‘la-o‘lgunimcha sizga qulluq qilib o‘taman, mana ko‘rasiz, — dedi.
Unday demang-e, nima karomat ko‘rsatdimkin, menga qulluq qilasiz, — dedim.
Kapitan katta ishlarini aytib bordi. Ishlar deyarli hal bo‘libdi. Bezorilarni ushlab, Rahmonboyga
yuzma-yuz qilibdi. Rahmonboy shular edi, debdi. Lekin bezorilar tonibdi, aybini
bo‘yniga olmabdi.
Gap menda qolibdi.
Hozir olib keladi, — dedi kapitan katta.
Aytganiday, bir millitsioner bo‘zbolalarni haydab keldi. Birovi o‘tirmoqchi bo‘ldi.
Kapitan katta:
— Tur, tur deyman! — deb baqirib berdi.
Bo‘zbola qo‘llarini qovushtirib qotib qoldi.
— Manavi odamni taniysizmi?! — dedi kapitan katta.
Bo‘zbolalar men tarafga sigir qarash qildi.
— Tanimaymiz, — dedi.
Kapitan katta menga yuzlandi.
— Shularmi? — dedi.
— Shular, ha, shular, — dedim.
— Olib keting bularni! — dedi kapitan katta.
Militsioner bo‘zbolalarni haydab ketdi.
Kapitan katta menga javob berib yubordi.
— Xo‘sh, sizga katta rahmat, aka. Tergov tugagach, deloni sudga oshiramiz. Sud kuni
bordi-yu chaqirsalar, bir kelib keting.
Men sizga aytsam, kapitan katta, shuncha kun mazam bo‘lmadi. Sherigim mening
navbatimda-da qo‘y boqdi. Odamning yuzi chidamayapti...
— Xo‘sh, tushunaman, aka, tushunaman. Siz sudda bo‘lmasangiz ham bo‘ladi. Lekin
anavi tirriqlar ko‘p ishlarni bo‘yniga olmasligi mumkin. Ish yana lanj bo‘ladi. Siz sudda
savol tug‘ilganda ha yo yo‘q, deb tursangiz bo‘ldi. Sizdan boshqa jonli guvoh yo‘q. Mana
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling