Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet60/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 66
Boshi ko‘ringanda dodlab baqirdi.
— Siz ko‘rib turdingizmi? — dedim.
— Bo‘lmasam-chi! Shunday oyog‘im ostidan oqib o‘tdi! Suzishni bilmas ekan-da,
bo‘lmasa, suv sekin edi, bemalol suzib chiqsa bo‘lardi. A? Yo‘q, pastroqda bir operator
yigitimiz ovozini eshitib qolib, o‘zini suvga tashladi. Sudrab olib chiqib, oyog‘ini osmonga
ko‘tardi. Baribir kech bo‘ldi, bola o‘lib qoldi... Ishonsizmi, shu operator yigitimiz bir
oydan ortiq organga qatnab, so‘roq berdi! Ona suti og‘ziga keldi! Ko‘r bo‘l, dedim, o‘zini
bilmaganning kuni — shunday bo‘ladi, dedim. Dunyo shunday, o‘rtoq Qurbonov, o‘zingizni
biling, o‘zgalarni qo‘ying!
— Ha-e, taqdir peshona ekan-da. Olamda nima gap?
— Olamda gap ko‘p, o‘rtoq Qurbonov. Xalqaro vaziyat tobora keskinlashib borayapti.
Tinchlik xavf ostida...
— Kim xavf solayapti?
— AQSH imperalistlari! Buni xalqaro panogramada o‘rtoq Zorin ham aytib o‘tdi. Aha,
«Za rebejom»da ham yozibdi. Mana, faktlarga murojaat qilamiz. AQSH ma’muriyati
1983-yilda 810 million dollar miqdorida ximiya-bakteriologiya quroli ishlab chiqarishni
planlashtiribdi.
— U qanday miltiq?
— Aha, miltiq emas, zaharli ingredient.
— O‘zimizning dehqonchasiga gapiring. Biz bir iyig‘i chiqqan kal bo‘lsak, unday gaplarni
qayerdan bilamiz.
— Aha, ingredient bu, ikki xil suyuq moddadan tashkil topgan zaharli dori. Miyani shol
qilib tashlaydi. Aha, o‘n-o‘n besh daqiqa ichida vafot etasiz!
— Shuni inson o‘ylab topdimi? Odamzotni qirish uchunmi? Yo, tabba! Biznikilar nima deyapti?
— Aha, bizning hukumatimiz tinchlik posboni bo‘lib keldi, bundan keyin ham shunday
bo‘lib qoladi!
78
Uzangi yo‘ldoshlarim uy-uyiga ketdi.
Ayolimiz dasturxon yig‘ishtirdi.
Kenjamizni qo‘limga berdi.
— Manavini picha ushlab tursin, qozon-tobog‘imni yuvib olayin, — dedi. Kenjamizni
tizzamga oldim.
Kenjamiz dasturxon olib ketayotgan onasiga jimit qo‘llarini cho‘zib ingilladi.
— Ing-ing-ing!... — dedi.
— Bo‘ldi, enang hozir keladi! — dedim. — Hay, anavi suratdagi kim? Aka-ya? Aka de,
aka!
Kenjamiz ovunmadi. Ingillay berdi.
Shunda kenjamizni tizzamda tebratib suydim:
Kelgin, bolam, tizzamga,
Yol bo‘larsan o‘zimga,
Quloq solgin so‘zimga,
Huyyo, bolam, huyyo!..
Birodarlar, kuygan — o‘lanchi bo‘ladi, suygan— laparchi bo‘ladi?
O‘z-o‘zimdan kuyib-kuyib, ich-ichimdan kuyib-kuyib, kenjamizni suyib-suyib, o‘lanimni
aytib qo‘ya berdim:
Jonim bolam ot chopsin,
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling