Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet63/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 69
Bizning Tarlon torroq bir yerdan cho‘chib o‘tdi.
Mashina Tarlon hatlagan yerda oyoq ildi.
Mashinadagilarga qamchi sopi bilan yuqorini ko‘rsatdim.
— Yana sag‘al yursalaring yuqorida yoyilma bor! O‘shandan mashina o‘tadi!
Shunday deya yo‘limga burildim.
Shunda, ketimdan ovoz keldi:
— U, shef! Tormoz!
Ovozni tanimadim. Nima deyapti, tushunmadim. Kim bo‘lsa-da, bir inson ovoz berayapti,
borayin, dedim. Ariq yoqalab bordim.
Mashinadan to‘rt odam tushdi. Ikkovi olisroqdan chopib kelib, ariqdan hatlab o‘tdi.
Tarlon hurkib, keyiniga tisarildi.
Keyin, qolgan ikkovi-da keldi. Barining ko‘zida qora ko‘zoynagi bo‘ldi. Ko‘zlari
ko‘rinmadi. Sochlari yelkasiga tushdi, quloqlari sochi ostida bo‘ldi. Kiyimlari ajabtovur
bo‘ldi. Birovning soqolida bo‘ldi. O‘zimizday o‘rta yoshli odammikin, deya sinchiklab
qaradim. Yo‘q, u o‘ttizlarda bo‘ldi.
— Chaqirganday bo‘ldilaringizmi, birodarlar?— dedim.
Ular miq etmadi. Soqoldori oldin yurdi.
— Otdan tushing-chi, shef! — dedi.
Ayta beringlar, qulog‘im kar emas, — dedim.
Tush degandan keyin, tush!
Ularning sensirashi ko‘nglimga tegdi. Tusha-tusha, ko‘nglimni aytdim.
— Sensiramang, birodar, salkam otingiz qatoriman-a, — dedim.
— He, senday otam qatorining...
Qo‘limda jilov, serrayib qoldim. Qahrim keldim. Qamchi sopini mahkam ushladim.
— Otingni bog‘lab, buyoqqa yur!
— Nima gapingiz bor, birodar, shu yerda ayta bering.
— Yur, degandan keyin, yur!
Ular ariq yoqalab yuqoriladi. Birovi-da ko‘zoynagini olmadi.
81
Jilovni egar qoshiga qistirdim.
Tarlonni bo‘sh qoldirdim.
Keyin, ular oldiga bordim.
— O‘zi kimsizlar? Kimning bolasi bo‘lasizlar? O‘zlaringni tanitinglar-da axir, birodarlar, —
dedim.
Ular meni o‘rab oldi. Go‘yo yovvoyi odamni tomosha qilayotganday bo‘ldi. Birovi o‘zo‘
zidan to‘ng‘iladi. Hali tanishib qo‘yamiz! — dedi.
Tavba, bularning menda nima ishi bor ekan? Ertaroq aytmaydimi, kech bo‘layapti...
— Ay, birodarlar, zaril gaplaring bo‘lsa aytinglar. Bo‘lmasa ketayin, bola-baqra alag‘da
bo‘ladi,— dedim.
— Ketasan, ketasan, shoshilma. Qaytmaydigan bo‘lib ketasan...
Zardam qaynadi, ketimga burildim.
Shunda, ulardan birovi yo‘limga g‘ov bo‘ldi. Birovi chapimga o‘tdi. Ikkovi oralig‘idan o‘tib
ketmoqchi bo‘ldim.
Shunda, o‘ngimdagisi yelkamdan g‘ijimlab ushlab oldi.
Men qo‘lini shartillatib urib tashladim.
— Qo‘lingizni oling, birodar! — dedim.
Shunda, u iyagim ostiga o‘xshatib-da bir urdi!
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling