Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 70
Ketimga gandiraklab-gandiraklab borib o‘tirib qoldim. Nogiron qo‘lim zirqirab og‘ridi. Qamchi o‘rimini qo‘limg o‘rab-o‘rab joyimdan qo‘zg‘oldim. Shu urganning bo‘yin tomirini mo‘ljallab qulochkashladim. Ketimdagisi qamchini ushlab qoldi. Yana o‘tirib qoldim. Endi qamchini ushlab qolganiga qarab, qo‘zg‘oldim. Shunda birovi ketimdan keldi, belimga tepdi. Men yuztuban yiqildim. Nogiron qo‘lim zirqirab-zirqirab og‘ridi. Turib o‘tirdim. Tevarakka alangladim. Rayon o‘ng yog‘imdagi adir ortida bo‘ldi. Ko‘rinmadi. Qishloq chap yog‘imdagi adir ortida bo‘ldi. Qishloq-da ko‘rinmadi. Osmon boshimda bo‘ldi. Baribir olisda bo‘ldi. Xo‘rligim keldi: ay, yolg‘izligi qursin-a! Ko‘nglim buzildi: ay, nogironligi qursin-a! O‘pkam to‘lib keldi. Qo‘ynimdagi nogiron qo‘limni tashqari chiqardim. — Birodarlar, Jo‘ra boboning otidan yiqilib, qo‘lim chiqib edi, mana... mana... — dedim. Ular xoxolab-xoxolab kuldi. O‘zaro gapirishdi: — Bu o‘zi unga kim bo‘ladi? — Hech kim! — Hech kim? Yo‘g‘-e? — Demak, bu o‘zicha ritsarlik qilmoqchi bo‘libdi-da? — O, ritsar! XX asr ritsari! — Don Kixot! — Don Kixot! XX asr Don Kixoti! Men shundagina ular kimligini bildim. Qo‘lim nogironligini aytib, yig‘lamsiraganlarimga ming-ming pushaymon bo‘ldim... Yerga qaradim. Qo‘limni qo‘ynimga solmadim. Sog‘lom qo‘limdayin yerga tiradim. Nogiron qo‘lim zirqillab og‘ridi. Tishimni tishimga bosdim. Yuzlarim lovullab yondi... Bir balo qilib, joyimdan turdim. Oyoqlarida tik turdim. Shunda birovi jag‘imga urdi. Men ketimga tisarilib-tisarilib, bunisiga borib urildim. Bunisi yelkamdan suyab qolib, harommag‘izimga urdi. Gandiraklab-gandiraklab, unisiga bordim. Unisidan iyagimga yedim. Bir aylanib tushdim. Osmon gir-gir aylandi. Osmon qop-qora bo‘ldi. Tag‘in turdim. Dalbanglab-dalbanglab bordim. Birovning bo‘yniga osildim. — Birodarlar, men sizlarga nima qildim... — dedim. Uni jonimning boricha quchoqlab turdim. U, ichimga ko‘p musht urdi. Nafasim hiqillab bo‘lindi. Ichimda bir nima ezildi. Qo‘llarim bo‘shashib, yelkasidan sidirilib tushdi. Oyog‘imda majolim qolmadi. O‘zimni yerga chalqancha tashladim... — Birodarlar, aybimni ayting, aybimni... — deya ingrandim. Belimga uchli bir nima zarb bilan tegdi. Keyin biqinimga tegdi. Zarb har tekkanda jonim halqumimga kelib ketdi. — Birodarlar, men ham odam-ku... — deya ingrandim. 82 Shunda... shunda, ot kishnadi. Umrim ot bilan o‘tdi. Hay bir otlarni ko‘rdim, hay bir kishnashlarni eshitdim. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling